1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

“Taxt” metodi. 
Metodni qo‘llash juda qulay, uni istalgan bilim berishga 
qaratilgan mavzularda va takrorlash, mustahkamlash darslarida hatto nazorat turi 
shaklida ham qo‘llash mumkin. “Taxt” metodida sinf o‘quvchilari to‘rtta katta 
guruhga bo‘linadi. Guruh a’zolari kelishib guruh sardorini tayinlaydilar.

Har bir guruh o‘tilgan mavzu (yoki bob mavzulari masalan: Amir Temur 
va temuriylar davri tarixi) yuzasidan o‘zlariga ma’qul biror hukmdor, qirol, davlat 
arbobi yoki biror tarixiy shaxs nomini yozib qutichaga soladi.

xohlagan ishtirokchi yozilgan hukmdor solingan qutichalardan birini 
tanlab oladi. 

Qaysi guruh yozgan quticha tanlansa o‘sha guruhning bir a’zosi o‘zi 
tanlagan hukmdor (tarixiy shaxs: Amir Temur) roliga o‘tib “taxt”ga o‘tiradi.


-142- 

Endi qolgan 3 ta guruh o‘quvchilari uchburchak, to‘rtburchak, aylana 
shakllari orasidan xohlaganini tanlab oladi. (Bunda o‘qituvchi turli ranglardagi 
shakllardan ham foydalanishi mumkin bu orqali o‘quvchi psixologiyasi bilan bog‘liq 
jihatlar namoyon bo‘ladi). Ushbu shakllarda hukmdor faoliyati bilan bog‘liq savollar 
bo‘ladi. Masalan: 

uchburchakni tanlagan guruh o‘quvchilari Amir Temurning faoliyati 
haqida to‘liq ma’lumot berishlari lozim (yashab o‘tgan davri, amalga oshirgan 
ishlari). Bunda: 

darslikdagi ma’lumotlar aytilsa, 3 ball beriladi; 

darslik ma’lumotiga qo‘shimcha boshqa manbalardan foydalanib 
ma’lumot aytilsa, 4 ball beriladi; 

o‘zi tanlagan shaxsni “taxt”ga o‘tirgan shaxsdan ustun jihatlarini (kuchli 
tomonini) aytib bera olsa, 5 ball. 

to‘rtburchakni tanlagan guruh Amir Temurni fazilati haqida (shaxs 
sifatida xarakteri, shu bilan bog‘liq voqea, rivoyatlar) 

darslikdagi ma’lumotlar aytilsa, 3 ball beriladi; 

darslik ma’lumotiga qo‘shimcha boshqa manbalardan foydalanib 
ma’lumot aytilsa, 4 ball beriladi; 

o‘zi tanlagan shaxsni “taxt”ga o‘tirgan shaxsdan ustun jihatlarini (kuchli 
tomonini) aytib bera olsa, 5 ball. 

aylanani tanlagan guruh Amir Temurni jamiyat hayoti uchun muhim 
islohotlari haqida (tarixiy shaxsni islohotlari yoki kashfiyotlari, asarlari haqida) 

darslikdagi ma’lumotlar aytilsa, 3 ball beriladi; 

darslik ma’lumotiga qo‘shimcha boshqa manbalardan foydalanib 
ma’lumot aytilsa, 4 ball beriladi; 

o‘zi tanlagan shaxsni “taxt”ga o‘tirgan shaxsdan ustun jihatlarini (kuchli 
tomonini) aytib bera olsa, 5 ball. 


-143- 

Amir Temur (tarixiy shaxs) o‘rnidagi ishtirokchi yoki guruh shu 
hukmdor o‘rnida bo‘lsa qaysi ishlarini takrorlamasdi va yana qanday ishlarni amalga 
oshirgan bo‘lar edi. 

Bunda har qanday yangi g‘oya muallifiga 3 ball; 

Ijobiy g‘oya va qarash muallifiga 4 ball; 

“taxt”ga da’vogar boshqa hukmdorlar (tarixiy shaxslar)ning zaif 
tomonlarini sanab bersa 5 ball. 
Yuqorida berilgan topshiriqlar guruh sardori tomonidan a’zolarga taqsimlanib 
beriladi. Ya’ni bunda sardor o‘quvchi guruhidagi sinfdoshlari kuchiga qarab vazifa 
taqsimlaydi. Shu tariqa guruh ichida yana kichik guruhchalar shakllanib o‘zi uchun 
belgilangan vazifani bajaradi. Mana shu kichik guruhda o‘quvchi o‘zini individual 
fikrini ochiq ayta olish va himoya qilishni o‘rganadi. Topshiriqni bajarish uchun 
guruhlarga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Izoh: bu qisqa vaqtda o‘quvchi miyasiga kelgan 
birinchi fikrni yozadi, ko‘pincha bunday fikrlar muvaffaqiyatli bo‘lib chiqadi. 
Guruhlar taqdimoti ham 3 daqiqadan oshmasligi lozim. Jami: 15-16-daqiqa vaqt 
sarflanadi.
Metod jarayonida o‘qituvchi boshqaruvchi, kuzatuvchi, ma’lumotlarni tahlil 
qiluvchi va bildirilayotgan g‘oya va fikrlarni ijobiy tomonga yo‘naltiruvchi bo‘lishi 
lozim. 
Ushbu metod o‘quvchida bir nechta tayanch va fanga oid kompetensiyalar 
jumladan: 

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi; 

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi; 

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; 

tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish 
kompetensiyasi; 

tarixiy 
manba 
va 
adabiyotlar 
bilan 
ishlash 
kompetensiyasi 
shakllantiriladi. 


-144- 
Eng muhim tomoni shundagi o‘quvchi tasavvurini ishga soladi. Hukmdor yoki 
tarixiy shaxs faoliyati yuzasidan o‘sha zamon ruhiyatidan kelib chiqib fikr yuritadi. 
Unda tanqidiy tahlil qilish shakllanadi va o‘z navbatida tasavvuriy o‘sha shaxs 
o‘rnida qanday ishlarni amalga oshirishi haqida fikr yuritadi. Eng asosiysi, o‘qituvchi 
tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirilgan bu g‘oyalar ichidan eng ajoyiblari, kreativlari 
ularning shaxsiy hayotida ham muhim o‘rin tutishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin