1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. – Toshkent, 2000. 
2. Temur tuzuklari. – Toshkent, 2020. 
3. Ahmedov B. Amir Temur darslari. – Toshkent, 2001. 
4. Qosimov F.H. Temuriylar davrida Buxoro. – Buxoro, 1996. 
 
Jo‘rayeva Muhayyo Rahimovna 
Kogon tumani Xalq ta’limi Ijtimoiy fanlar metodisti
BUNYODKOR SHAJARA 
Annotatsiya
: Tarixda shunday sulolalar o‘tganki, faqat harbiy yurishlar 
uyushtirib, vayronagarchiliklar sababchisi bo‘ldi. Yana shunday sulola vakillari 
borki, ular vayron etgan joyini ikki barobar ustunlik bilan bunyod eta olgan. 
Temuriylar sulolasi vakillarining aksariyati shunday jarayonni amalga oshirganligini 
tarix sahifalaridagi haqiqatlar isbotlaydi. 
Kalit so‘zlar
: dunyoning husni, YUNESKO, yashil shahar, abadiy shahar, 
temuriylar, ilm-fan markazi, boqiy shahar. 
Samarqand – Temuriylar davlatining poytaxti, ilm-fan markazi, “dunyoning 
husni” deya ta’rif etilgan yoshi ulug‘ abadiy shahar. Yozma manbalarda Samarqand 


-154- 
Maroqand nomi bilan qayd etilgan bo‘lib, uning atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan 
qal’a-qo‘rg‘on bo‘lgan. Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan Sug‘d davlatining 
poytaxti bo‘lgan. Keyinchalik Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida 
jahonga mashhur bo‘ldi va «abadiy shaharlar»
 
qatoriga qo‘shildi. Markaziy Osiyo 
tarixida eng yirik davlatga asos solgan buyuk hukmdor Amir Temur poytaxt 
maqomini berish uchun aynan Samarqandni tanlashi haqida ko‘pgina rivoyat va 
hikoyatlar mavjud bo‘lib ularning zamirida haqiqatlar ham bor. 

Temur dinastiyasi O‘rta Osiyoda, birodarkushlik urushlari bo‘lib 
turganligiga qaramasdan, yuz yildan ko‘proq hukmronlik qildi… Samarqand yirik 
ilmiy markazga aylandi
” deb izohlaydi Sohibqironning angliyalik tadqiqotchisi Xilda 
Xukem. Samarqand o‘sha davrdagi mavqeyi bo‘yicha ijodkorlar, ilm va madaniyat 
ahli qaror topgan shahar bo‘lmog‘i lozim edi. U poytaxt shahar, poytaxt bo‘lganda 
ham birgina Movarounnahrning emas, balki buyuk Temur imperiyasining poytaxti 
edi. Bu esa, tabiiy ravishda, ko‘pchilik ziyolilarning bu yerda jam bo‘lishini taqozo 
etgan. Lekin Sohibqironning maqsadi bundan ko‘ra muhimroq, orzusi esa uning 
davrigacha dunyo xalqlari tarixida nozil bo‘lmagan yuksak va musaffo ma’naviy orzu 
edi. Aynan shu orzusining teng yarmi Samarqand bilan bog‘liq edi. Eng noyob 
iste’dod egasi bo‘lgan ijodkorlar va hunrmandlarni Samarqandga to‘plash bilan 
ularga ijod qilishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish, ularning har birining ijodiy 
ishlarini davlat tomonidan, buyuk hukmron salatanati tomonidan himoyalash, ijodiy 
ishlariga dalda berib, uni o‘stirish, bu ulug‘vor badiiy-ma’naviy xazinadan 
imperiyaga tobe’ bo‘lgan barcha mamlakatlar fuqarolarini boxabar qilish va nihoyat, 
shu zaylda buyuk imperiyani yoppasiga ma’naviy yuksak makonga aylantirish Amir 
Temurning asosiy maqsadi edi. Shu maqsad yo‘lida Amir Temur qaror va 
farmoyishlar qabul qilishni afzal ko‘rmadi, balki shaxsiy homiyligi hamda 
rahnamoligi usullari bilan hal etish yo‘lini tanladi va ko‘zlagan maqsadiga erishdi. 
Temur va temuriylar davrida madrasa oliy ma’lumot beradigan markaz 
vazifasini bajargan. Samarqandda asosan davlat va davlatmand shaxslarning 
mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga 


-155- 
dunyoviy fanlar – qonunshunoslik (fiqh), matematika (riyoziyot), geometriya 
(handasa), adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) 
falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya o‘qitilgan. 
Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishi uchun barcha imkoniyatlar 
yaratilgan. Ularga alohida ish haqi to‘lanar edi. 1404-yilda Saroymulkxonim 
Samarqandda shunday madrasa qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi 
boshqa inshootlardan ajralib turardi. Unda o‘z davrining mashhur olimlari 
mudarrislik qilganlar. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy 
muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan 
Ulug‘bekning hissasi nihoyatda buyukdir. U
 
mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, 
ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. 
Ulug‘bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi, Samarqand, 
Buxoroda ilm maskani madrasalar bunyod ettirib, o‘zi ham ma’ruzalar o‘tdi. 
Bitiruvchi faol talabalarni rag‘batlantirdi. Madrasa tinglovchilari fanning turli 
sohalaridan ko‘pgina kitoblarni tahlil qilar edlar. Sulola davrida yaratilgan ilm 
maskanlariga atrofdagi boshqa hududlardan ham talabalar kelib ilm o‘rgangan. Amir 
Temur va uning avlodlari saroylarida ko‘hna dunyo va o‘rta asrning noyob asarlari 
saqlanib kelayotgan boy kutubxonalari bor edi. Samarqandda Amir Temur va 
Ulug‘bekning, Hirotda Shohrux, Boysung‘ur, Husayn Boyqaro va Alisher 
Navoiyning boy kutubxonalari ziyo tarqatish bilan mashg‘ul edi. Ulug‘bek “Tarixi 
arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan 
beshta risola ham yozgan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining o‘ziga 
xos akademiyasi edi. Ulug‘bek tevaragida uyushgan 100 dan ortiq olimlarning o‘z 
bag‘rida yetishtirgan nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani 
o‘tagan. 

Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini 
o‘lchashni buyurdi va astronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi
”, – deb 
yozgan edi fransuz tarixchi olimi Volter. 


-156- 
Kastiliyadan kelgan elchi Klavixoning esdaliklarida ham Sohibqironning 
bunyodkorlik shijoati haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib uni hayratga solganligi 
qayd etilgan. Amir Temurning ko‘p davrlar mobaynida faqatgina bosqinchi, ayovsiz 
harbiy yurishlar uyushtirgan hukmdor sifatida e’tirof etilganligi juda ayanchli holat 
bo‘lganligini ilm ahli manbalar asosida isbotlab berdi. Samarqandga boshqa 
yurtlardan keltirilgan barcha iste’dod egalari uni ilm-fanning homiysi va o‘zi ham 
ilmli shaxs ekanligini qayd etishganligi Amir Temur shaxsining bo‘htonlar ostida 
qolganligini isbotlaydi. Birinchi yurtboshimiz tashabbuslari bilan Amir Temurning 
660 yilligi xalqaro miqyosda o‘tkazilishi Amir Temur qiyofasining yangi qirralarini 
dunyo miqyosida ochib berdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin