1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Gadoyeva Munira Muxamedova 
Buxoro viloyat XTXQTUMOHM “Pedagogika, psixologiya 
va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Hamroyeva Shohida Ro‘zimurodovna 
Romitan tumani 33-maktab o‘qituvchisi
BADIIY ADABIYOTDA AMIR TEMUR OBRAZINING TALQIN QILINISHI 
Annotatsiya
: Tarixda shunday sulolalar o‘tganki, faqat harbiy yurishlar 
uyushtirib vayronagarchiliklar sababchisi bo‘ldi. Yana shunday sulola vakillari borki 
ular vayron etgan joyini ikki barobar ustunlik bilan bunyod eta olgan. Temuriylar 
sulolasi vakillarining aksariyati shunday jarayonni amalga oshirganligini tarix 
safifalaridagi haqiqatlar isbotlaydi. 
Kalit so‘zlar
: dunyoning husni, YUNESKO, yashil shahar, abadiy shahar, 
temuriylar, ilm-fan markazi, boqiy shahar. 
Butun dunyoni saodatli, farovon qilmoq uchun bel bog‘lagan ulug‘ sohibqiron 
bobomiz – Amir Temurdir. Nega aynan sohibqiron tashbehi ko‘p marta Amir 
Temurga nisbatan tilga olinaveradi? Bu so‘z izohida berilgan ta’rif bo‘yicha Zuhra va 


-157- 
Mushtariy yoki Zuhra va Quyoshning ekliptika davrining ma’lum bir darajasida 
to‘qnash kelish vaqti (qiron) da tug‘ilgan bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday 
qiron davrida tug‘ilgan bolalar baxtli g‘olib, muzaffar va ulug‘ martabali bo‘lishi 
bashorat qilingan. Tarixda mana shunday ta’rifga muvofiq tug‘ilganlar sanoqli 
bo‘lsa-da, ular qatorida Aleksandr Makedonskiy va Amir Temur kabi jahongirlar ham 
kiradi. 
Ulug‘ insonlarning fazilati ham ulug‘ bo‘ladi, deganlaridek, Amir Temur kabi 
buyuk inson ham badiiy adabiyotning bosh mavzusi va qahramoni sifatida keng 
talqin qilingan. Uning har jihatdan tengsizligi yozuvchilar va shoirlar baytida doston 
bo‘ldi. Birgina Abdulla Oripov o‘zining “Sohibqiron” dramasida Amir Temur 
shaxsini qayta kashf etgandek bo‘ladi. Asarda Amir Temurning nafaqat sarkarda, 
markazlashgan davlat asoschisi, adolatli hukmdor, buyuk bunyodkor ekanligini 
tasvirlanadi. Shu bilan birga uning ilm-fan homiysi ekanligi, bag‘rikengligi, mehri 
beqiyosligi, har bir so‘zi tuzuk ekanligi yarq etib ko‘zga tashlanadi. Biz Amir Temur 
davrini qanchalik yaxshi o‘rgansak, tarix haqidagi tasavvurlarimiz shunchalik 
rivojlanadi. Chunki, Amir Temur faxrimiz. U millat g‘ururi, tariximizning yorqin 
yulduzi. Bu qiron sohibi o‘ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi 
tayanchlarni – mo‘l xazina,yagona shoh,yengilmas lashkar deya ta’kidlaydi. Dramada 
jahongirning fuqarolariga munosabat xususida “
Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, 
Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor
”, – deya ifoda etilgan. 
Asarda jahongirning o‘z dushmanlarining gunohlarini kechira olishi Sulton 
Boyazidga ko‘rsatgan hurmati, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Qosimbek timsolida 
tahsinga loyiq. Shu bilan birga asarda uning Ahmad Yassaviy qarashlari va e’tiqodiga 
hurmat bilan qaragani, uning ruhi bilan suhbatida namoyon bo‘ladi. “
A.Yassaviy: 
“Aytingchi, Temur siz ham besabab qon to‘kkanmisiz?” Amir Temur: “Adolat va 
islom himoyasi deb, yer yuzini fath ayladim, tartib o‘rnatdim”
. Shu xildagi javobi 
orqali kezgan jang-jadallari, adolat uchun bo‘lganligi kitobxonni o‘ziga tortadi. 
She’riy dramada o‘zidan keyingii avlodlarga, nabiralariga hayotiy xulosalarini 


-158- 
tuzukotlarini qoldirib ketayotganligini vasiyat qiladi. Uning “Temur tuzuklari” asari 
har bir yurtboshchisi va fuqarosi uchun birdek mayoq bo‘lib xizmat qiladi. 
Amir Temur tavalludining 686 yilligi arafasida turgan har bir kitobxon uchun 
“Sohibqiron”dramasi, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” romani faxr tuyg‘usini 
tarataversin. Har bir o‘zbek uchun Temurning tilidan aytilgan “
Biz kim mulki Turon, 
Amiri Turkistonmiz. Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i Turkning bosh 
bo‘g‘inimiz
” so‘zlari hayotiy yo‘ldosh bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin