-160-
olimu fuzalolarni, elga tanilgan ilohiyotchilarni, san’at namoyondalari, kasb-hunar
egalarini Samarqandga o‘zi bilan birga olib kelishga harakat qilgan.
Sohibqiron Temur davrida shunday olimlardan Sayyid Sharif Sheroziy kabi
ulug‘ tabiblar, Mavlono Ahmad kabi munajjimlar, Shayx Saidali Hamadoniy kabi
faylasuflar, Lutfullo Nishopuriy kabi shoirlar, Kamoliddin Isfaxoniy kabi
qasidanavislar, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan faylasufi, fiqhshunos Sa’diddin bin
Umar Taftazoniy, tarixchi olim Ibn Arabshoh, taniqli musiqashunos va olim
Abduqodir Ibn G‘aybiy va boshqalar Samarqandda samarali ijod qilib,
Movarounnahrning ilm-fan taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Temur bu olimlarning ijod qilishi uchun yetarli sharoit yaratib bergan, ularga
homiylik qilgan.
Hofizu Abru o‘zining “Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy” asarida Amir
Temurning ilm-fanga munosabati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi.
Dostları ilə paylaş: