Adabiyotlar:
-180-
1. Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik-ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz
ro‘yobi yo‘lida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil, 1-sentabr.
2. Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli.
T.,1968.
3. Temur tuzuklari. T., 1991.
Utayeva Feruza Xolmamatovna
Buxoro Davlat Universiteti “Buxoro tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi
BUXORO SHAHRIDA ZAMONAVIY TO‘QIMACHILIK SANOATINI
RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Annotatsiya
. Yangi O‘zbekiston – Uchinchi renesans davrida Buxoroda
to‘qimachilik sanoatini jadal rivojlantirish. Bo‘sh va qarovsiz qolgan binolardan
unumli foydalanish. Ichki va xorijiy investitsiyalarni to‘qimachilik sanoatiga jalb
qilish. Yangi ish o‘rinlarini yaratish
Kalit so‘zlar
: Yengil sanoat korxonasi, yigiruv-tо‘quv, pardozlash, gazlama,
to‘qimachilik, loyiha, mutaxasislar.
Kirish.
Buxoro – yurtimizning tarixiy hududlaridan biri hisoblanib,
toʻqimachilik sanoati asrlar davomida rivojlanib kelgan katta maktabga tayanadi.
Yengil sanoat shunday sanoatki, ya’ni og‘ir sanoatdan ko‘ra kamroq mablag‘ talab
qiladigan, tadbirkorlikdan ko‘ra ko‘proq xaridorga mo‘ljallangan sanoat turidir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakat xo‘jaligini rivojlantirish uchun
olib borilayotgan itisodiy islohotlar, boshqa tarmoqlar qatorida to‘qimachilik
sanoatiga ham joriy etildi. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi” qonunga va 1994-yil 16-
martda e’lon qilingan “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
-181-
jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi” farmonga
ko‘ra o‘rta va yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga, ijara korxonalariga
aylantira bohlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kenroq jalb qilindi.
Mustaqillik yillarida Buxoroda to‘qimachilik sanoatni ustuvor rivojlantirishga
katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi
korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,
korxonalar mulk shakllarini o‘zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish sanoatning
barqaror rivojlanish chora tadbirlari ko‘ridi.
1994-yilda “Buxoroteks” hissadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari hisobiga,
dunyoning eng nufuzli to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqaruvchi Shvetsariyaning
“Riter” firmasining quvvati 2597 yigiruv urchuqli avtomatik tizimini sotib oldi. 1997-
yil aprel oyida uskunalarni montaj qilish va ishga tushirishni tamomlash sharti bilan
ip ishlab chiqaruvchi uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga qiymati 5.04 mln
Shveytsariya franki hisobida kontrakt tuzilgan.
“Buxoroteks” hissadorlik jamiyatida Shvetsariyaning “Riter” firmasining
avtomatik yigiruv tizimi o‘rnatilishi korxonada yuqori sifatli dunyo andozalari
talabiga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish bilan birga barcha mashina va
qurilmalar, shaxsiy kompyuterlar bilan jihozlangan va jarayonlar avtomatik
boshqariladi.
Qayta o‘rash avtomatlari Germaniyaning “Shlyafgorst” firmasida ishlab
chiqarilgan. Ahamiyatlisi shundaki, ipni qayta o‘rashda ularning uzilish ehtimolini
ancha kamaytiradi. “Buxoroteks” hissadorlik jamiyatiga keltirilgan Shveytsariyaning
“Beninger” firmasi dastgohi to‘qimachilik sanoatidagi piltalab tandalash,
Germaniyaning “Nokvo” firmasi dastgohi guruhlab tandalash, “Zuker muller” firmasi
dastgohi ohorlash mashinalari ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini yaxshilashni
ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar
mamlakatimiz iqtisodiyotini dunyo mamlakatlari ichida ustuvor mavqeiga ega
-182-
bo‘lishini, jahon bozorlaridagi global raqobatda erkin harakatlana olishi va ishlab
chiqarishni jahon bozorini hisobga olgan holda tashkil etishga qaratilgan[2,16].
2017-yil 14-dekabrda qabul qilingan “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini
jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, Buxoroda
mahalliy to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan fermer xo‘jaliklari va boshqa
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan paxta xom ashyosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
buyurtma berish tizimi joriy etildi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etildi[3,1].
Ishlab chiqarish klasteri innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning muhim
bosqichidir. Buxoroda qulay investitsiyaviy muhit yaratilib, chet ellik sarmoyadorlar
huquqlarining qonuniy kafolati mustahkamlangani, ularga qo‘shimcha imtiyozlar
berilayotgani ishbilarmon doiralar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omil bo‘lmoqda[4,2].
Buxoro shahrida ishga tushirilgan “Buxoro kotton tekstil” qo‘shma korxonasi
ana shunday ilg‘or ishlab chiqarish ob’ektlaridan biridir. Buxoro shahrida 2017-yil
29-mayda “Buxoro kotton tekstil” korxonasi tashkil etildi. Yana bir muhim jihati
shundaki, ushbu korxona qarovsiz bo‘lib qolgan sobiq to‘qimachilik kombinati
o‘rnida bunyod etildi[1,2]. Buxoroda 1973-2000-yillar davomida to‘qimachilik
sanoatida ishlab chiqarish shiddat bilan rivojlangan bir davrda bu bino “Bo‘yash va
pardozlash fabrikasi bo‘lgan” “Bukhara Cotton Textile” korxonasi bu yerdagi bitta
eski binoni kapital rekonstruksiya qilib, 19 ta yangi bino barpo qilindi 2019-yil 75
mln AQSh dollarida investetsiya o‘zlashtirilgan. 30 mln 454 ming AQSh dollari
“O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi”ning 4153 ming AQSh dollari
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankining imtiyozli
kreditlari tashkil etadi. AQSh, Belgiya, Fransiya, Germaniya va jahonning yetakchi
korxonalarida ishlab chiqarilgan eng zamonaviy asbob-uskunalari keltirilgan. 2020-
yilda Buxoro, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida savdo do‘konlari
ishga tushirildi.
2021-2022-yillarda jinsi matolar va mahsulotlar chiqarish bo‘yicha eng ilg‘or
davlatlar bilan raqobat qila olish darajasiga yetdi. To‘qimachilik korxonasida 1325
nafar, klaster bilan qo‘shib hisoblaganda 2000 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.
-183-
Birinchi bosqichda 8450 tonna kalava ip yigiriladi, keyingii bosqichda esa 15 million
metr jinsi matolar to‘qiladi. Uchinchi-to‘rtinchi pog‘onalarda qo‘shimcha qiymatga
ega tayyor mahsulotga aylantiriladi.
Iqtisodiy samaradorlik shundaki, 1 kilogramm tola dunyo bozorida qiymati
xomashyo sifatida 1,5 dollar bo‘lsa, agar tayyor kiyim qilib sotilganda kamida 25
dollarga aylanadi. Korxona yangi ish o‘rinlari yaratish uchun mamlakatimiz bo‘yicha
50 ta ana shunday do‘kon ochishni mo‘ljallangan.
Tashqi bozorda o‘z o‘rinlarini egalladi. 2020-yilda 8,2 million dollarlik
mahsulot eksport qilingan. Mamlakatimiz elchixonalari ko‘magida chet ellarda savdo
nuqtalari tashkil etish rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu orqali
yiliga o‘rtacha 50-60 million dollar miqdorida valyuta tushumiga erishish mumkin.
“Bukhara Cotton Textile” korxonasida ishlab chiqarilayotgan jinsi matolari
rangining tabiiyligi bilan ham ichki va tashqi bozorda ustunlikka ega.
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan
investitsiya loyihalarida faol ishtirok etish, ish unumdorligini oshirish va yoshlar
bandligini ta’minlash, vatanimiz va dunyo bozorlarini korxonaning to‘qimachilik
mahsulotlari bilan boyitish korxonani bosh masadi.
“Korxona bino va inshootlarini qurish, sexlarni zamonaviy texnologik
dastgohlar bilan jihozlash loyihalarini amalga oshirishda hozirgacha 75 million dollar
ekvivalentligidagi investitsiya o‘zlashtirildi”
, – deydi “Bukhara Cotton Textile” bosh
direktori O.Jumayev va iqtisodchi T.Boltayev[5]. Mazkur sarmoya O‘zbekiston
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 30 million 454 ming dollar
va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 4 million 153
ming dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlari, shuningdek, loyiha tashabbuskorlarining
35 million 393 ming dollar ekvivalentiga teng 208,2 milliard so‘mlik mablaғidan
iborat. Korxonada jahonning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan eng
zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatilgan.
“Bukhara Cotton Textile”da ip kalava ishlab chiqarish va mahsulot xalqaro
andozalarga javob berishi tufayli nihoyatda xaridorgir.
|