1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-187- 
Amir Temur markaziy boshqaruvga asoslangan qudratli saltanatni barpo etish 
bilan birga, mamlakatda madaniy-ilmiy yuksalish uchun ham munosib sharoit 
yaratishga intildi. Turli hududlardan diniy va dunyoviy ilm sohiblari, shoirlar, 
me’morlar, hunarmandlar va boshqalarni yig‘ib, ular orqali mamlakatning ilmiy va 
madaniy qudrati yuksalishiga zamin yaratdi. Chingizxon davrida inqirozga uchragan 
madaniyat, ilm-fan, ma’rifat qayta shakllandi va taraqqiy etdi. Mamlakat obodlik va 
farovonlikka erishdi. 
Ikkinchi Renessans davri, o‘z navbatida, “Islom madaniyatining oltin asri” 
deya nomlandi. Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi, 
Lutfiy, Sakkokiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, 
Xondamir va boshqa olimlar, shoiru fuzalolar bu yurtning shuhratini dunyoga yoydi. 
Bu ikki Renessans insoniyatga nimalarni tuhfa qildi? Butun dunyoga “Bayt ul-
hikma”, Xorazm Ma’mun akademiyasi kabi ilm dargohlarini taqdim qildi. Erning 
sharsimon ekani haqidagi g‘oya ilgari surildi, globus yaratildi. Er radiusi ilm bilan 
isbotlandi. Tibbiyotning, algebra fanining tamal toshi qo‘yildi. SHaharsozlik, 
me’morlik sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar dunyo ahlini lol qoldirdi. Birinchi 
Renessansda islom sivilizatsiyasining tamal toshi qo‘yilgan bo‘lsa, Ikkinchi 
Renessansda yanada yuksalishiga yo‘l ochildi. 
E’tibor bersak, har ikkala Uyg‘onish davrida ham eng muhim jihat — 
davlatning e’tibori, mamlakat boshqaruvida olib borilgan odilona va oqilona siyosat, 
ta’lim-tarbiya ustuvor bo‘lgan. Bundan tashqari, insonlarda yuksak axloq, ilm-fanga 
tashnalik bilan birga, borliq sirlarini ochish va yangi ilm yaratishga ishonch kuchli 
bo‘lgan. Olimlar o‘zlari bilmagan holda, bugun tarixchilar e’tirof etayotgan 
Renessans davrining ijrochilariga aylangan. 
Har ikki Renessans davrida davlat rahbarlari, olimu fuzalolar, birinchi 
navbatda, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati, iymon-e’tiqodi masalasiga alohida 
e’tibor qaratgan. Deyarli barcha allomalar asarlarida ta’limni tarbiya bilan uyg‘un 
olib borish lozimligi haqidagi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, Abu Ali Ibn Sino 
o‘z asarlarida ilm va odob-axloq uyg‘unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-


-188- 
saodati, adolat va diyonat, insonlarning o‘zaro do‘stligi va hamkorligi, obod turmush 
to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Mutafakkir “
Bola badanining bo‘g‘inlari qotib, 
tili ravon chiqib, qulog‘i eshitish va gapni ma’qullash uchun tayyor bo‘lib, vujudi ilm 
va odob o‘rganishga hozir bo‘lganda, unga ilm va odob o‘rgatish kerak
”, deb yozadi. 
Bugungi kunda biz uchinchi Uyg‘onish davri ostonasida turibmiz. Agar 
O‘zbekiston Prezidentining keyingii to‘rt yilda ma’rifat, ta’lim va ilm-fanni 
rivojlantirish yo‘lida imzolagan qonun, farmon va qarorlari, tasdiqlagan Davlat 
dasturlari, ilgari surgan yangidan-yangi tashabbuslarining mag‘zini to‘la chaqib 
ko‘rsak, navbatdagi Ma’rifat Renessansining markazi O‘zbekiston ekaniga hech 
kimda shubha qolmaydi. 
Prezidentimiz 2020-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 
yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ta’kidlaganidek, “Bugun 
jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda, “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga 
olinmoqda. Bu keyingii yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam 
qo‘yganimiz, erishayotgan zalvarli yutuqlarimizning e’tirofidir. Xalqimizning 
ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish — 
Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi”. 
Chindan ham, biz ana shunday bebaho merosga ko‘pincha faqat tarixiy 
yodgorlikka qaraganday munosabatda bo‘lib kelmoqdamiz. Bunday tengsiz boylikni 
amaliy hayotimizga tatbiq etishda beparvolik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. 
Vaholanki, bunday noyob meros jahondagi sanoqli xalqlarga nasib etgan. 
Masalan, birgina O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq nodir 
qo‘lyozmalarga jahon ahli havas qiladi. Allomalarimizning noyob ilmiy-ma’naviy 
merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas 
meros hamisha barchamizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlaydi. 
O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik boy tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda 
taraqqiyot cho‘qqilarini zabt etishning mashaqqatli bosqichlarini ko‘rishimiz 
mumkin. Bu bosqichlarda davlatchiligimizning shakllanishi, jamiyatda ilmu fan, 


-189- 
sanʼat va madaniyatning yuksalishi, buyuk siymolarning o‘z ijodida erishgan 
yutuqlari jahon tamaddunining rivojiga hissa qo‘shishdek iftixorli jarayonlar 
gavdalanadi. Matonatli xalqimiz esa azal-azaldan o‘zgarish va qiyinchiliklarga tayyor 
bo‘lgan. Bilamizki, jamiyat hech qachon bir joyda turmaydi va doim rivojlanish 
hamda yangilanishga intiladi. Shu sababli qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalar 
o‘zgaradi. Yoshlar esa shu taraqqiyot va o‘zgarishlarni harakatlantiruvchi kuch 
asosidir. Bugun o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, jamiyatdagi yangilanishlar 
jarayonida innovatsion g‘oya va loyihalari bilan faol ishtirok etayotgan yoshlar juda 
ko‘pchilikni tashkil qilishi bizni, albatta, quvontiradi. Prezidentimiz O‘zbekiston 
Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida, – “
Xalqimizning ulug‘vor 
qudrati jo‘sh urgan paytda, mamlakatimizda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi 
Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, yoshlar esa, Vatanimizning eng katta 
kuchi, boyligi, bebaho xazinasidir
”, – deb bejiz taʼkidlamadi. Darhaqiqat, 
mamlakatimizning kelajak ravnaqi va rivojlanishi salohiyatli yoshlarimizning bilimi 
va maʼnaviyatiga bog‘liqdir. Shuning uchun biz farzandlarimizning nafaqat bilimi va 
intellektual salohiyati balki, kiyinish madaniyati va maʼnaviy qiyofasiga ham katta 
eʼtibor berishimiz kerak. 
Shuni alohida taʼkidlash joizki, kiyinish madaniyati – insonning tashqi 
ko‘rinishi, maʼnaviy dunyosi, axloqiy sifatlari va salohiyatini, nafosat va odob 
borasidagi qarashlarini ifoda etadigan omil hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi jadal 
rivojlanib borayotgan global davrda, xotin-qizlarimiz va yoshlarimizni o‘zida 
milliylik aks etgan kiyinish madaniyatiga eʼtiborni kuchaytirishimiz kerak. 
Shuningdek, demokratik davlat qurishdagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida 
yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, 
chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli xotin-qizlar va yoshlar faolligini 
oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi, albatta, biz, ustoz – murabbiylarning 
yuksak kasbiy mahorat talab etuvchi vazifasi hisoblanadi. 
Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “
Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh 
urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish — Uchinchi Renessans 


-190- 
davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi 
O‘zbekiston — kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq 
emas
”. 
Bugun Yangi O‘zbekistonda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” 
bosh g‘oyasiga tayanib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish vazifasi qo‘yilgan 
ekan, uni bajarish uchun birgina rahbar, pedagog yoki tarbiyachi emas, balki shu 
Vatan barchamizniki, deya ko‘nglida vatanparvarlik, xalqparvarlik, insoniylik 
fazilatlari mujassam, iymon-e’tiqodi butun bo‘lgan har qanday shaxs targ‘ibotchi 
bo‘lishi lozim. 
To‘g‘ri, biz Uchinchi Renessansni bir yilda, besh yilda, o‘n yilda amalga 
oshiramiz, deb bong urmaymiz, lekin mana shu Renessansni yaratadigan avlodni 
voyaga etkazishga kuchimiz ham, qudratimiz ham, imkoniyatimiz ham etarli. 
Shunday ekan, bizdan faqat mehnat va ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish talab 
qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin