Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik – ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz
ro‘yobi yo‘lida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil, 1-sentabr.
-204-
2. Mirziyoyev Sh.M. O‘qituvchi va murabbiylar – Yangi O‘zbekistonni barpo
etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020-yil, 1-oktabr.
3. Munavvarov Z. Yangi Renessans – daxldorlik sharafi va mas’uliyati, “Yangi
O‘zbekiston”, 2020-yil 15-sentabr, 176-son.
Akhmedova Durdona Qahramon qizi
BuxDUPI “Xorijiy tillar” kafedrasi talabasi
Ergasheva Farangiz Sherali qizi
BuxDUPI “Xorijiy tillar” kafedrasi talabasi
“UCHINCHI RENESSANS”NI BUNYOD ETISHDA PEDAGOGLARNING
O‘RNI VA ROLI
Annotatsiya
. Zamonaviy o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, interaktiv
metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ta’siri, texnologik xaritasi aks
etgan. Shuningdek, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishning asosiy tamoyillari,
yo‘llari, usullari, shakllari, vositalari aniqlangan. Eng muhimi o‘qituvchining
innovatsion faoliyati va ta’lim texnologiyalari yuzasidan ilmiy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘qituvchi, axloqiy barkamollik, kompetentlik, innovatsion
faoliyat, raqobat, yaratuvchanlik, vatanparvarlik, aqliy salohiyat, ijodkorlik.
Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishni muvaffaqiyatli hal etish o‘qituvchiga,
uning g‘oyaviy e’tiqodi, kasb mahorati, iste’dodi va madaniyatiga bog‘liq. Bu g‘oyat
murakkab va mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda o‘qituvchi qanday o‘qitish
kerakligini nazariy-amaliy jihatdan bilishi lozim. Ma’lumki, o‘qituvchining
pedagogik mahorati, asosan, darsda ko‘rinadi. O‘qituvchilik – katta san’at. Bu
san’atga – o‘qituvchilik kasbiga, chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r,
zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy
-205-
saviyasi, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik
g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollangan haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar
insonlargina erisha oladilar. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘qituvchining shaxsiy
fazilatlari: axloqiy barkamollik, ya’ni saxovatpeshalik, mehribonlik, talabchanlik,
ma’naviy poklik, qanoatlilik, rostgo‘ylik, sadoqatlilik, pokizalik, ziyraklik,
andishalilik, vazminlik, sabr-bardoshliligi bilan birga uning kasbiy fazilatlari: o‘z
sohasining puxta bilimdoni bo‘lib, o‘zining nutq madaniyatiga ko‘ra tevarak-
atrofdagi insonlarga namuna bo‘la olishi muhimdir. Tabiiyki, mohir o‘qituvchi
o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil etib boradi. Pedagogik kompetentligini
rivojlantirish uchun faoliyati davomida pedagogik vazifa va maqsadlarini o‘zgartirib,
yangi vazifalarni qo‘llash asosida o‘quvchi shaxsiga mohirlik, donolik, ijodiy
dadillik, chuqur ilmiy tafakkur bilan yondashadi. Pedagogik mahorat va kompetentlik
o‘qituvchidan qat’iyat, tirishqoqlik, tadqiqotlarni olib borishga intilish, yangi
vaziyatga moslashish, samimiylik, to‘g‘rilik, halollik, kuch, o‘tkir aql-idrok talab
etadi. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror
toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy
ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga
erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish –
barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz
xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga
aylanadi[1]. Bugungi kunda o‘qituvchi ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay
oladigan, o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari
hayoti va ijodiy merosini teran bilishi lozim. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf-
odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo‘lgan yosh
avlodga chuqur bilim berishda o‘qituvchi yuksak qobiliyat va ishchanlik bilan ongli,
ijodiy yondashuv asosida ta’limtarbiya jarayoniga metodik bilimlarini samarali
qo‘llay olishi kerak. Buning uchun o‘qituvchidan quyidagi burch va mas’uliyatlar
talab etiladi:
-206-
– eng avvalo, o‘qituvchi yuksak his-tuyg‘u va tajriba, notiqlik san’atiga ega
madaniyatli, ma’rifatli, ijodkor, ta’lim-tarbiya faoliyatida tashabbuskor va yosh avlod
kelajagi uchun javobgar shaxs bo‘lishi;
– o‘qituvchi o‘z mehri, estetik his-tuyg‘ularini har lahzada yoshlar ichki
dunyosi bilan bog‘lay olishi va ularning mehri, hurmatiga sazovor bo‘lishi;
– o‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab еtishi va ularga
xolisona baho bera olishi;
– zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion
texnologiyalar yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lib, barcha fanlar
integratsiyasini o‘zlashtirishi va hokazo.
O‘qituvchilar unutmasliklari kerakki, kuchli bilim, kasbiy metodika va oddiy
insoniy fazilatlardan iborat uchta xususiyat birlashib o‘qitish jarayonining pirovard
natijasini belgilaydi. O‘qituvchi har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilishi va uni
tasavvur etishi uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi hamda texnologik
xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayonini tashkil etish texnologiyasi
to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.
Pedagogning innovatsion faoliyati – bu o‘z ichiga yangilikni tahlil etish va
unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini
shakllantirish demakdir. Innovatsion faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim jarayonida
yuzaga kelgan muammolarni aniqlash, hal etish, unga doir qaror qabul qilish hamda
tanlab olingan qarorni amalga oshirish va uni baholash imkonini yaratadi,
muammolarni esa samarali hal etadi. Yangi pedagogik texnologiyalarning xislati
shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni
rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Innovatsion ta’lim o‘qituvchi faoliyatini yangilash, ta’lim-tarbiya jarayonini
maqbul qurishga, yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik,
insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv jarayonini
samarali tashkil etilishi o‘qituvchining innovatsion faoliyati, g‘oyaviy e’tiqodi, kasb
-207-
mahorati, iste’dodi va madaniyatiga bevosita bog‘liq. Hozirgi kunda shiddat bilan
rivojlanayotgan zamon har birimizdan doimo izlanib, tashabbus ko‘rsatib, yangicha
ishlashni talab etmoqda. “
Bugun har bir o‘qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi
ta’lim va ilm fan sohasidagi eng so‘nggi ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga
tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so‘z bilan aytganda,
zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lishlari kerak
[2]”.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri – o‘qituvchi shaxsidir.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda yangiliklarni idrok etishga
innovatsion shaylikni shakllantirish va yangicha harakat qila olishga o‘rgatish
yo‘nalishlari muhimdir. Innovatsion faoliyat – pedagogning o‘z kasbini
takomillashtirishdagim mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini
nazarda tutadi. Innovatsiya o‘quv jarayoniga yangilik olib kirish, o‘quv jarayonini
o‘quvchi ehtiyoji, xohishi va istaklariga moslashtirish, o‘quvchini mustaqil
mutolaaga o‘rgatish demakdir. Innovatsiya – amaliyot va nazariyaning muhim qismi
bo‘lib, ijtimoiymadaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy
subyektlarning harakat tizimida shakllangan yangicha yondashuvdir. Ular
tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘iladi va ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun
istiqbolli bo‘ladi va ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya –
ma’lum bir faoliyat maydonidagi muammoni еchish uchun yangicha yondashuv yoki
yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib
kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natija sifatida o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan
maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun oldindan ta’lim
jarayonini loyihalashdir.
Dostları ilə paylaş: |