-222-
madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini
o‘zaro boyitishga, har birimizda ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini
mustahkamlashga salmoqli hissa qo`shmoqda
”, – deb ta’kidladi. 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining beshinchi
yo‘nalishi sifatida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” belgilandi.
Bag‘rikenglik juda keng tushuncha. Bu so‘z o‘zbek xalqining lug‘atida
endigina paydo bo‘lgan so‘z emas. U qadim-qadimdan ota-bobolarimizning qon-
qoniga singib ketgan buyuk tug‘yon. O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov
“O‘zbekiston” qasidasida shunday deydi:
Sen o‘zingsan eng so‘nggi nonin
O‘zi yemay o‘zgaga tutgan…
Bundan shuni anglash mumkinki, o‘zbek xalqi shu darajada bag‘rikengki, o‘zi
yemay o‘zgaga tutadi.
Millatlararo totuvlik haqida gap borar ekan beixtiyor Shuhrat Abbosov
yaratgan
buyuk film, jahon ekranlaridan o‘zining munosib o‘rnini topa olgan va
o‘zbekning bag‘rikengligini butun dunyo tan olishiga majbur qilgan “Sen yetim
emassan!” filmini eslamay ilojimiz yo‘q. Bunda Mahkam ota urush yillarida, odamlar
o‘zlarining bolalari qornini arang to‘ydirayotgan bir davrda, jang bo‘layotgan
tomonlardan eshelonlarda olib kelingan bolalarning millati, tili, dinidan qat’iy nazar
o‘z qaramog‘iga oladi. Vanya, Abram, Dzidra, Nadya, Ganka, Lyana, Kolya,
Sarsenbay, Taras, Renat, Lesya, Marina, Naynov, Barno va Gustav. Bu bolalar turli
davlatlarda, turli xil oila, turli xil sharoitlarda yashagan bolalar edi.
Urush sababli
kimdir oilasini, kimdir uyini va yana kimdir yaqinlarini yo‘qotgan bir paytda
“Shoahmedovlar oilasi” ularni bir oila qilib jamladi. Mana o‘zbekning yana bir
bag‘rikeng ekanligini isbotlovchi dalil.
-223-
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Zayd al-Husaynning
2017-yil 11-may kuni Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan diniy
konfessiyalar hamda milliy-madaniy markazlar rahbarlari bilan bo‘lgan
uchrashuv
davomida “Bugungi dinlararo va millatlararo notinchlik bo‘lib turgan tahlikali
kunlarda O‘zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlaro totuvlikni turli davlatlar
tomonidan o‘rnak bo‘lishga loyiq”, – degan so‘zlari ham alohida e’tiborga molikdir.
Mustaqillik yillarida biz erishgan eng katta va bebaho boylik: ko‘p millatli
xalqimizning har qanday qiyinchilik va sinovlarni yengishga qodirligi, uning
zamonaviy
dunyoqarashi, siyosiy ongi va ijtimoiy faolligini yuksalib borayotgani,
atrofimizdagi voqealarga daxldorlik tuyg‘usi, jamiyatimizdagi o‘zaro mehr-oqibat va
hamjihatlik muhitidir[5,158].
Xulosa
qilib
aytganda,
yurtimizda
millatlararo
totuvlikni
yanada
mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarning paydo bo‘layotganligi
do‘stlik va hamjihatlik qo‘rg‘onining yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari eʼtirof etganidek: “
O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning
eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz jamiyatimizda hukm surayotgan
tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir
”. Tinchlik bor joyda o‘zaro hurmat,
hurmat bor joyda o‘zaro mehr, mehr bor joyda oqibat va hamjihatlik bo‘ladi,
bularning barchasi bag‘rikenglik tushunchasi atrofida jam bo‘ladi. Bag‘rikenglik bor
joyda urush bo‘lmaydi, tinchlik hukm suradi. Tinchlik bo‘lgan mamlakatda insonlar
baxtli hayot kechiradi. Tinch bo‘lgan
yurt yuksaladi, jahon minbarlaridan o‘zining
munosib o‘rnini egallaydi. Shunday ekan yurtimiz kelajagi uchun, uning ravnaqi,
yuksalishi uchun har birimiz o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shaylik. Chunki biz
buyuk ajdodlarning avlodlarimiz, ularga munosib voris bo‘lmoq esa har birimizning
o‘z qo‘limizda. Zero, yurtimizning kelajagi ham bizning qo‘limizdagi omonatdir.
Dostları ilə paylaş: