O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

An’anaviy dars o’tish – 
darsning asosiy maqsadi ko’roq tushuntirishga 
qaratilgan, o’qituvchi bilim beruvchi, o’quvchi – talaba bilim oluvchi rolini 
bajaruvchi dars o’tish. 
Axloq – 
shaxsni jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab 
beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, ijtimoiy ong shakllaridan biri. 
Aqliy hujum metodi
– qo’yilgan muammo, masala, savolga nisbatan barcha 
o’quvchi – talabalarning o’z fikrini bildirishini ta’minlash asosida ularni darsga 
faol qatnashish, o’z nuqtai nazaridan yondashishga yo’naltirish, bildirilgan 
fikrlarni saralashga o’rgatuvchi metod. 
Bayon qilish
– o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan mavzu, materialning 
mazmunini izchil so’zlab berish metodi. 
Bilaman, bilmoqchiman, bildim, metodi – 
kitob, ilmiy maqolalarni o’qishga, 
bilmaganlarini o’rganishga harakat qilishga yo’naltiradigan metod. 
Blits – o’yin metodi – 
mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma – ketligini 
to’g’ri tashkil etishga va baholahsga o’rgatuvchi metod.
Vazifa – 
qo’yilgan maqsadni amalga oshirish bosqichlarining mazmuni. 
Verbal – og’zaki ifodalash. 
Davlat ta’lim standartlari – 
uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida 
tayyorlanayotgan kadrlarning minimal darajada ega bo’lishi lozim bo’lgan bilim va 
ko’nikmalar. 
Dars o’tishning samarali metodi
– mavjud turli – tuman metodlarni orasidan 
qabul qilingan mezonlar bo’yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga 
erishiladigan metodlar. 


213 
Darsni savollar asosida olib borish metodi
– o’quv rejasi bo’yicha savol – 
javoblar yordamida talabalarni o’quv jarayoniga jalb etish, ularda fikr – mulohaza 
yuritish, o’qish, o’rganish, o’z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg’otadigan metod. 
Delfa metodi
– o’quvchi – talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan fikrlarni 
taqqoslab, baho berish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatadigan metod. 
Didaktika
– Yunon- didaklikos – o’qitadigan, o’rgatadigan – pedagogikaning 
bilim olish, ta’lim tarbiya nazariyasiga oid tarkibiy qismi. Didaktika < nima>? va 
nima uchun? o’qitish kerak degan savollar bilan shug’ullanadi. 
Dunyoqarash 
– shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks ettiruvchi qarashlar,
e’tiqod hamda fikr - o’ylar tizimi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin