O’zbekiston Respublikasi Xalq


  7-§ BIOLOGIYADAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

47 
7-§ BIOLOGIYADAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI 
VA О‘QUV DASTURI 
1.Ta’lim standarti haqida umumiy tushuncha 
1997 yili Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida ta’lim tо‘g‘risida 
ikkinchi marotaba qonun qabul qilindi, hamda uzoq muddatga mо‘ljallangan 
kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uch bosqichdan iborat 
bо‘lib, uning birinchi bosqichi umumiy о‘rta va о‘rta maxsus kasb –hunar 
ta’limning davlat standartini ishlab chiqish, har bir о‘quv fani bо‘yicha о‘quv 
dasturlarini, ularga asoslanib darsliklarini yaratishga bag‘ishlandi. 1997 - 1998 
yillarda umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va о‘quv dasturlari ishlab 
chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning tajriba - sinov 
maydonchalarida sinovdan о‘tkazildi. О‘qituvchilar, metodistlar, xalq ta’limi 
xodimlarining keng muhokamasidan о‘tgandan sо‘ng umumiy о‘rta ta’lim, davlat 
ta’lim standari hamda barcha о‘quv fanlar bо‘yicha о‘quv dasturlari О‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgust qarori bilan tasdiqlandi. 
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va biologiya о‘quv dasturi 
«Ta’lim taraqqiyoti»
jurnalining 1999 yil 3-mart sonida kо‘p nusxada nashr 
qilinib, respublikaning barcha maktablari, xalq ta’limi bо‘limlariga yuborildi va u 
keng jamoatchilikka, ota-onalarga, о‘quvchilarga ma’lum qilindi. 
Standart sо‘z inglizcha bо‘lib, nusxa, о‘lcham, meyor degan ma’nolarni 
anglatadi. Shu sababli ham umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini 
asosiy qoidalarida 
«Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti»
о‘quvchilarning umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan majburiy 
minimal darajani belgilab beradi, deb ta’kidlangan. 
2.Biologiya ta’lim standartining tarkibiy qismlari. 
Biologiya ta’lim standarti biologiya ta’limining maqsad va vazifalarini 
yoritishdan boshlanadi. Biologiya ta’limining bosh maqsadi о‘quvchi shaxsini 
tarbiyalashdan iborat. Biologiya ta’lim standartida biologiya ta’limining asosiy 
vazifalari atroflicha yoritib berilgan. 


48 
Hozirgi davrda hayotning tuzilish darajalari molekula, hujayra, organizm, 
populyatsiya - tur, biogeostenoz, biosfera kо‘rinishda bо‘lishligi e’tirof qilinadi. 
Hayot tuzilishini ana shu darajalari orasida organizm darajasi markaziy о‘rinda 
turadi. Bir tomondan u hayot tuzilishining uyi darajalari bо‘lmish molekula
hujayra darajasini о‘zida mujassamlantirsa, ikkinchi tomondan organizmning о‘zi 
hayot tuzilishining yuqori darajasi bо‘lmish populyatsiya – tur, biogeostenoz, 
biosfera darajalar tarkibiga kirishini e’tiborga olib biologiya ta’lim standartining 
ta’lim yо‘nalishlaridan birinchi qilib 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin