55
hisoblaymiz.
«Manzarali о‘simliklar»
degan bobni
«Yerda о‘simliklar
dunyosining rivojlanishi»
bobidan oldin berqilishi mantiqan tо‘g‘ri bо‘ladi deb
о‘ylaymiz.
Darslikning ilmiyligi haqida tо‘xtab
«Bakteriyalar, zamburug‘lar,
lishayniklar»
bо‘limini botanika darsligiga kiritilishi organik olamning hozirgi
zamon sistemasi tо‘g‘risidagi bilimlarga tо‘g‘ri kelmaydi deb aytish kerak. Chunki
ular tuzilishi va hayot kechirishi tarzi bilan yashil о‘simliklardan
tubdan farq
qiladi.
Botanika darsligida
«tip»
sistematik birlikni о‘rniga
«bо‘lim»
tushunchasini
«avlod»
sistematik birligi о‘rniga
«turkum»
sistematik birlikni qо‘llanilishi
keyinchalik 7-sinfda zoologiyani о‘qish mobaynida sistematik birliklar
tо‘g‘risidagi о‘quvchilarning tushunchalarini chalkashtirib yuboradi, bu о‘z
navbatida о‘quvchilar tomonidan sistematik tushunchalarni sayoz о‘zlashtirishga
olib keladi deb hisoblaymiz. Maktab darsligiga barcha olimlar tomonidan e’tirof
qilingan bilimlar o’quv qo’llanmasi kiritilishi kerak.
Munozarali masalalar undan
о‘rin olmasligi joiz.
4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.
Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov bо‘lib, u 172
sahifadan, 60 paragrifdan iborat. Unda 134 ta rangli rasmlar bor. Har bir paragraf
sо‘ngida bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va test topshiriqlar berilgan.
Darslikda bilimlar berish bilan о‘quvchilarning kо‘nikma, malakalarini
shakllantirishga ham e’tibor qilingan. Mazkur masala 5ta laboratoriya
mashg‘ulotlarida о‘z ifodasini topgan.
Zoologiya darsligi tuzilish jihatidan botanika darsligidan tubdan farq qiladi.
Agar botanika darsligining 5-sinf uchun mо‘ljallangan о‘quv
materiallar
morfologik, anatomik,
fiziologik, ekologik bilimlar o’quv qo’llanmasida
tashkil
topgan bо‘lib, 6-sinf botanika darsligida asosiy e’tibor sistematik tushunchalarning
о‘zlashtirishga qaratilgan bо‘lsa, zoologiya darsligida bir vaqtning о‘zida
sistematik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik, gigiyenik bilimlar bayon
etiladi. Zoologiya darsligining ikkinchi о‘ziga xos jihati xayvonlar bilan tanishish
56
evolyusion prinsipi asosida amalga oshirilganligidir.
Odatda zoologiya darsligi
о‘quvchilarni umurtqasiz xayvonlarning bir hujayralilar yoki sodda xayvonlar
vakillari bilan tanishtirishdan boshlanib, to sut
emizuvchilarning eng yuksak
vakillari bо‘lmish primatlar turkumi vakillari bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: