2.1.3-rasm. Mobil aloqa xizmatlarining tarkibi
24
(2018 yil, % da)
Bugungi kunda, mobil aloqa xizmatlaridan asosan aholi (jismoniy shaxslar)
foydalanishadi. Ularning ulushi 97,5 % ni tashkil qiladi. Mobil aloqa xizmatlaridan
foydalanishda yuridik shaxslarning ulushi 2,5 % ni tashkil etadi (2.1.3-rasmga
qarang).
2.1.4-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, aloqa va axborotlashtish xizmatlarining
o‘sishi Respublika miqyosida 115,6 % ni tashkil ilgan bo‘lib, eng yu qori
o‘sish
24
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab
chiqildi.
57
Toshkent viloyatiga (128,5 % lik o‘sish) to‘gri kelmoqda, undan keyin Toshkent
shahri (118,6 %), Buxoro va Samarqand viloyatlari (mos ravishda 113,5 % dan)
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Eng kam o‘sish darajasi 107,7 % bo‘lib,
Qoraqalog‘iston Respublikasida kuzatilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga investitsiyalar jalb
qilinishini ko‘paytirish butun dunyoda raqamli o‘zgarishni rag‘batlantiradi va
ko‘plab odamlarga AKT xizmatlari, xususan, mobil aloqa xizmatlari va Internet
tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
2.1.4-rasm. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining o‟sish sur‟ati
25
,
(2018 yil, % da)
Respublikada so‘nggi yillarda pul-kredit siyosati (monetary siyosat) ni
erkinlashtirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lamini kengaytirish,
shuningdek, moliyaviy tashkilotlar tomonidan innovatsion xizmatlar ko‘rsatish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar moliyaviy xizmatlar hajmining o‘sishiga
turtki bo‘lmoqda.
2018 yilda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 21192,6 mlrd. so‘mga teng
bo'lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur‘ati esa 125,8 % ni tashkil etdi.
25
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab
chiqildi.
58
O‘tgan yil davomida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmida eng yuqori
yuqori o‘sish sur‘atlari Jizzax (152,1 %) viloyatida kuzatildi.
Nisbatan past o‘sish sur‘ati Toshkent shahrida – 117,2 % qayd etildi (2.1.5-
rasmga qarang).
Dostları ilə paylaş: |