O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


 Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

1.4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional
hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi
o`xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida prinsipial jihatdan turli konsepsiyalar
mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini o`zgarishsiz qoldiradi.
Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika nazariyasining «himoya
qobig`i» to`g`risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan yuz beradi. Aynan
shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm»
*
ga misol
sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda
«imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga tashqi bo`lgan omillar – mafkura,
xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi.
Ikkinchi nomlanish, aksincha, institutlarning neoklassikaning ilgarigi qoidalari
bilan bog`liq bo`lmagan yangi nazariyasini yaratishga urinishni aks ettiradi.
Ronald Kouz «Firmaning tabiati» (1937) «Ijtimoiy xarajatlar muammosi»
(1960) kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini
shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig`i”ga
quyidagi o`zgarishlar kiritilgan.
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy,
davlat, aksiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni
*
Iqtisodiy imperializm – neoklassik yondashuv asosida jamiyat to`g`risidagi fanlarning tarqoq oilasini
umumlashtirish.


13
ta’minlashdagi qiyosiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va
shartnoma shakllarining keng doirasi ko`rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga
oshiriladi
 Mulkchilik huquqlari nazariyasi
(R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va
optimal shartnoma nazariyasi
(J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana
shunday. Bu yerda mulkchilik huquqlarining o`rnatilishi va samarali himoyalanishi
uchun mas’ul bo`lgan davlat nazariyasi,
ijtimoiy tanlov nazariyasi
(J.Byukenen,
G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo`lgan
konstitutsiyaviy
iqtisodiyot
(V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning
vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan
«tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg`unlashtirishdan iborat.
Ikkinchidan, neoklassik modelga
axborot xarajatlari
, ya’ni bitim
to`g`risidagi va bozordagi vaziyat to`g`risidagi axborotni qidirish va olish bilan
bog`liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi.
Axborot nazariyasi
(J.Stigler)
neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda
transaksiya
xarajatlari
mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi.
Transaksiya
xarajatlari nazariyasi
(R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo`lgan ushbu
atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar
tushuniladi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini
qo`llash natijasida
Yangi iqtisodiy tarix
(D.Nort) deb nomlangan tarixiy tahlil
paydo bo`ldi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich
o`yinlar
nazariyasi
(J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi
umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi.
Aynan o`yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini
shakllantirdi. O`yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo`lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo`yicha optimum nuqtalariga mos kelishi
shart emas;
v) muvozanat umuman mavjud bo`lmasligi mumkin.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin