sathini suratlarga olishdi, hattoki tadqiqotlar olib borish uchun kerak
bo'ladigan ilmiy uskunalarni ham olib chiqishga muvaffaq bo'lishdi.
«Lunoxod»ning ichki qismi kattagina tadqiqot laboratoriyasi bo'lib,
shu orqali u, Oy sathi jinslari tarkibini o'rgangan va tasvirga olgan.
ixtirochilar bunday uskunani yaratish vaqtida, uning Oy sathida bema-
lol harakatlana olishi hamda o'z vazifasini mohirona bajara olishi uchun
barcha zaruriyatni hisobga olishgan. Yerdan kelayotgan ko'rsatmalar
radioantenna va priyomnik orqali qabul qilinib mexanizmga uzati-
ladi. Televizion kameralari esa Oy sirtini tasvirga oladi. «Lunoxod»
qopqog'ining ichki qismiga o'rnatilgan
Quyoshli energiya manbayida nur or
qali energiya hosil bo'ladi. Motor, tele
va fotokameralar, shuningdek, radiou
zatgichlar ham aynan ana shu energiya
asosida ishlaydi. Uskunaning quyoshli
energiya manbayi xuddi kungaboqar
singari Quyoshga qaratib qo'yiladi.
Birinchi marta Oyga kosmik ekspe-
ditsiya 1969-yilda amalga oshirildi. Bu
parvozni «Appolon-11» kosmik kemasi
bajardi va kemaning o'zi Oy orbitasida
qolib, undan ajrab chiqqan kabina Oy-
ning «Osoyishtalik Dengizi» deb nomla-
nuvchi qismiga qo'ndi. 1969-yil 21-iyul
kuni amerikalik astronavtlar
Dostları ilə paylaş: