1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 100,98 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü100,98 Kb.
#167506
1. Moliyaning mohiyati va funktsiyalari



1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari
1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
“Moliya” arabcha sо‘z bо‘lib, о‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul 
mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu sо‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi 
kо‘rinishlari mavjud: 
-maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
yuzasidan paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini 
shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya 
kapitali, moliya tizimi); 
-biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 
mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); 
Moliyaning funksiyalari 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya 
quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 
1.Taqsimlash; 
2.Nazorat. 
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har 
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash 
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 
Nazorat uchun savollar 
1.Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda moliyaning ahamiyatini tushuntirib 
bering. 
2. Istemol fondining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
3.Moliyaviy siyosatning asosiy yо‘nalishlari nimalardan iborat? 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 
 
Istemol fondining tarkibiy qismlarini sanab о‘ting. “Moliya” sо‘zi lug‘aviy 
ma’nosi nimani anglatadi? 
A)“daromad” yoki “tо‘lov” 
V) “tо‘lov” yoki “foyda” 
S) “talab” yoki “taklif” 
D) raqobat yoki foyda 
 
Moliya sо‘zini ona tilimizda ishlatilishining qanday kо‘rinishlari mavjud?
A)“biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 
mablag‘lari
V) moliya ishlari bilan shug‘ulla-nuvchi davlat organi
S) maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan 
paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui 
D) pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi 
 
Moliyaning qanday funksiyalari mavjud? 
A) taqsimlash va nazorat 


V) pul fonndlarini shakllantirish va nazorat
S) nazorat 
D) tartibga solish 
 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi nimalarga shart-sharoit yaratib beradi?
A) “xо‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan 
jamg‘arishni amalga oshirishga
V) xо‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari 
darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga, shuningdek ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta 
taqsimlashni sodir etishga 
S) xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, qayta taqsimlashni 
sodir etishga 
D) barcha javoblar tо‘g‘ri 
 
Xorijlik iqtisodchilarning qarashlariga kо‘ra moliyaning qanday funksiyalari 
mavjud? 
A) xо‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash 
V) pul fondlarini shakllantirish
S) nazorat 
D) pul muomalasi qonuniyatlari 
 
Moliya –bu? 
A) “Milliy daromadni yaratish va undan foydalanishni bog‘lovchi bо‘g‘in 
V) Pulli munosabatlarni ifodalaydi 
S) Pulli munosabatarini tartibga soladi 
D) Pul fondlarini ifodaeetib, mamlakatning moliyaviy resruslarini tashkil etadi 
 
Markazlashtirilgan fondlar deb qanday fondlarga aytiladi? 
A) xо‘jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari 
V) davlat va maxalliy о‘z о‘zini boshqarish darajasida tuzilgan pul fondlari 
S) barcha byudjetdan tashqari maqsadli fondlar 
D) davlat maqsadli pul fondlari

Yüklə 100,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin