*mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi; *kapitalning
kontsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni
tezlashtiradi;
*har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala
xarajatlarini qisqartiradi .
Xalqaro kreditlar: xarakteri bo’yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
shakli bo’yicha - davlat, bank, tijorat;
tashqi savdo tizimida tutgan o’rni bo’yicha - eksportni kreditlash,
importni
kreditlashga;
muddati bo’yicha-qisqa muddatli-1 yilgacha, o’rta muddatli -1 yildan 5
yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga;
ob’ekti bo’yicha - tovar va valyuta;
ta’minlanganligi bo’yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki hujjatlar bilan
ta’minlangan kreditlarga bo’linadi.
Tovar shaklida beriladigan xalqaro kredit yoki
firma kreditlari tijorat
kreditining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida qo’llanilishi hisoblanadi va bir
mamlakat firmasining tovari ikkinchi mamlakat firmasiga kreditga - to’lov muddati
kechiktirilib sotiladi. Bu jarayon odatda tratta (o’tkazma veksel) bilan
rasmiylashtiriladi. Eksportni kreditlashda davlat tomonidan
subsidiya ajratilganligi
uchun firma kreditlari bo’yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor
bahosidan past bo’ladi.
Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga
xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit),
evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari hisobidan
evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo’lgan
muddatga, o’zgaruvchan foiz stavkada
kreditlar berish) kabi turlari mavjud.
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan
mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga tovar yoki valyuta shaklida,
foiz to’lash yoki foiz to’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.
178
Xalqaro valyuta - kredit tashkilotlarining kreditlari qisqa muddatli - 1 yilgacha
(xalqaro valyuta fondining kreditlari), o’rta muddatli - 5 yilgacha (Jahon
rivojlanish
va taraqqiyot banki) va uzoq muddatli - 20 yilgacha (Evropa rivojlanish va taraqqiyot
banki va boshqalar) kreditlar berishi mumkin Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlaridan
olingan kreditlar xususiy tijorat banklaridan olingan kreditlardan (bu kreditlar
bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi yiliga 7-9% ni tashkil qiladi.) arzonga tushadi.
Dostları ilə paylaş: