bank balnsida aks ettiriladi. O’zbekiston Markaziy banki yuqoridagi vazifalariga
qo’shimcha ravishda qo’yidagi vazifalarni ham bajaradi:
Monetar siyosatni va valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish,
samarali hisob-kitob tizimini tashkil etish va ta’minlash, banklar
faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilish, oltin va valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish davlat
byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iborat.
Markaziy bank moliyaviy yordam ko’rsatish va tijorat faoliyati bilan
shug’ullanmaydi. Respublika Markaziy bankining ustav kapitali 2 mlrd. so’m deb
belgilangan. Shuningdek, Markaziy bank soliqlar va bojlardan ozoddir. Markaziy
bank kelgusi yil uchun O’zbekiston Respublikasi
monetar siyosatining asosiy
yo’nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan 30 kun
oldin Oliy Majlisga bu haqda axborot beradi. Markaziy bank pul-kredit, moliya,
valyuta va narx munosabatlarining ahvoliga asoslanib muomaladagi pul massasining
bitta yoki bir qancha ko’rsatkichlari o’zgarishining aniq mo’ljallarini belgilash
mumkin. Shuningdek, o’z hisob va kredit operatsiyalari bo’yicha stavkalarni mustaqil
ravishda belgilaydi. Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy
to’lov vositasida banknotalar va tanga ko’rinishida
pul belgilarini muomalaga
chiqardi. Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga ko’ra bir nominal
qiymatdagi banknota va tangalarni boshqasiga hech qanday to’lovsiz yoki
vositachilik haqisiz almashtirib beradi. Naqd pul mablag’larini muomalaga chiqarish
va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank valyutani
tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. Shuning bilan birga
Markaziy bank yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar
o’tkazishga litsenziyalar beradi va milliy valyutani chet
el valyutasiga nisbatan
kursini aniqlash tartibini belgilaydi.
Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi
va xazina vakili sifatida ish tutadi. Markaziy bank banklarni ro’yxatga oladi va ularga
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi.
204
Markaziy bank boshqa banklar bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Bunda
Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha javobgar emas, ular
shunday javobgarlikni o’z zimmasiga o’zlari olgan hollar bundan mustasno.
Markaziy bank hukumat muassasalari va tashkilotlari, xazina, mahalliy
hukumat organlari hisoblarini yurgizadi, davlat qimmatbaho qog’ozlari
yuzasidan
operatsiyalarni bajaradi, xukumat organi topshirig’i bilan oltin va chet el valyutasi
bilan operatsiyalarni o’tkazadi.
Pul o’tkazish operatsiyalariga o’sib borayotgan talabni qndirish uchun xizmat
qiluvchi mexanizm sifatida Markaziy bank kliring markazlari tuzildi. Bu markazlar
yirik tijorat banklari qoshida yoki alohida hisob-kitob-kassa markazlari sifatida
faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan
hisob-
kitob-kassa markazlarining soni 14 ta bo’lib, ular elektron usul bilan respublika
ichidagi to’lovlarni 65% dan ortig’ini o’tkazish muddatini 1-2 kundan oshirmasdan
o’tkazib berishmoqda.
Markaziy bank respublika Moliya vazirligi bilan hamkorlikda respublikada
pul-kredit siyosatini olib borish, reformalar o’tkazish va
amalga oshirish ishlarini
bajaradi.
205