Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Xoja Ahmad YAssaviy
dir (1166 yilda vafot etgan). U 
Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif YUsuf Hamadoniyning (1140 
yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. YAssaviy ustozining 
vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni Abduxoliq 
Fijduvoniyga qoldirib, YAssi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z tariqati, yo‘l-yo‘riqlarini tashviq 
etish bilan mashg‘ul bo‘ladi. 
YAssaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda yozilgan, tasavvufiy qarashlarini aks 
ettirgan hikmatlari devonida o‘z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga etishish, uning 
ishqida parvona bo‘lish, undan boshqa narsaga ko‘ngil qo‘ymaslik haqida fikr yuritilgan. 
Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada 
o‘tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston o‘lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, SHimolda — Qozongacha, 
Farbda — Bolqongacha keng tarqalgan. 
Bahouddin Naqshband
(1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu 
ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson 
Olloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, 
qo‘li esa mehnatda bo‘lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, 
ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi. 
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya 
qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o‘zidan kechish, fano bo‘lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan 
uzoqlashish, haq ishlarga bog‘lanish. Demak, shariat — qonun, tariqat — yo‘l. Qonun vujud va 
qalbni tarbiyalaydi. Yo‘l esa ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi. 
Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta’limotlari ma’naviyatimiz tarixida juda katta o‘rin 
tutgan. Ular ma’naviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo‘lib, o‘z ta’sirini haligacha 
yo‘qotmagan. 
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga 
ta’siri nihoyatda katta bo‘lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan 
davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi marralarga erishildi. 
Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin 
timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy 
siljishlar, SHarq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. 
O‘sha davrda jahon miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U 
jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin