Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar O‘zbekistonda yoshlar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə370/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar O‘zbekistonda yoshlar 
tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy 
qadriyatlarining o‘rni.
Ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab oila, undagi axloq, odob masalalari har bir davrning, 
jamiyatning eng ilg‘or kishilari, olimlar, shoirlar, buyuk allomalar va donishmandlarning asosiy 
diqqat markazida bo‘lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, 
Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin Ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, 
Nodira, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ko‘plab olim va yozuvchilar oila, odob-axloq 
masalalari yuzasidan o‘zlarining qimmatli fikrlarini bizlarga bayon qilib ketganlarki, ular hozirgi 
hayotimiz uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga ega. YUqorida zikr etilgan 


14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI 
O‘RNI 
214 
bobokalonlarimizning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratilgan 
Binobarin, turkiy xalqlarning qadimgi yodgorliklaridan biri bo‘lgan “Avesto”da oila inson 
salomatligi, kamolotining manbai, shuningdek muqaddas dargoh sifatida qadrli ekanligi, farzand 
tarbiyasi, oila barqarorligida er va xotinning teng darajada mas’ulligi haqidagi ilg‘or fikrlar 
bayon etilgan. Jumladan, asarning bosh qahramoni Zaradushtraning zamindagi eng muhtaram 
go‘sha qaysi go‘sha? – degan savoliga yaxshilik va ezguliklar xudosi bo‘lmish Axura Mazda: 
“Agar inson uy tiklab, olovga va oilasiga, xotini va farzandlariga, mollariga o‘rin ajratib bersa, 
em-xashagi ko‘p bo‘lib, chorvasi va itlari to‘q yashasa, uyida nozne’matlar muhayyo bo‘lib, 
xotini va farzandlari farovon yashasa, uyida e’tiqodi sobit, olovi alangali, boshqa narsalari ham 
mo‘l-ko‘l bo‘lsa, o‘sha manzil muhtaramdir” – deb javob beradi. “Avesto”da insoniy burch faqat 
axloqiy yo‘lyo‘riqlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘libgina qolmasdan, balki inson oilaviy 
turmush, yaxshi yor va farzand to‘g‘risida ham o‘ylashi zarurligi ta’kidlanadi
6
. Unda qayd 
etilishicha, erkak kishi, avvalo uylanish uchun moddiy va ma’naviy tomondan to‘q va jismonan 
baquvvat bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘z vaqtida ovqatlanishi zarur, aks holda erkak kishi o‘z 
xizmat va axloqiy burchlarini bajara olmaydi. Umuman, zardushtiylikda oilaviy burch va farzand 
tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Bordi-yu erkak kishi zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lsa-yu, 
ammo uylanmasa, unga tamg‘a bosishar yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur qilishardi. 
Ba’zan bunday erkakni qopga solishib kaltaklashgan. “Avesto”da qarindoshlarning o‘zaro oila 
qurishi man etilgan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday 
qilingan.
Buyuk mutafakkir, qomusiy allomalarimizdan biri Abu Nasr Farobiy YAqin va O‘rta SHarq 
xalqlarining ma’naviyati hamda madaniyati rivojiga bebaho hissa qo‘shdi. Axloqiy tarbiya va 
odob-axloqning nazariy masalalarini tadqiq etish mutafakkir ijtimoiy qarashlarining eng muhim 
qismidir. Farobiy inson axloqi va odobi xususida fikr yuritar ekan, u axloqning shakllanishini 
jamoaviy mehnat bilan birgalikda tasavvur qiladi. Uning fikricha, birgalikda mehnat qilish 
jamiyatni vujudga keltirganidek, axloqni ham jamoaviy mehnat yaratadi. Farobiy baxt 
tushunchasini kishilarning turmushdagi saodatga erishuvi deb tushunadi. Uningcha, “Baxtga 
erishish uchun foydali bo‘lgan hamma narsa va baxtga erishilishida ishga solinadigan hamma 
narsa yaxshilikdir va baxtga biron-bir darajada to‘sqinlik qiladigan hamma narsa mutlaqo 
yomonlikdir” 
7

Buyuk aql-zakovat sohibi Abu Rayhon Beruniy o‘zining 150 dan ziyod asarlarida inson 
hayotidagi tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni qamrab olgan. Beruniyning izohlashicha, 
shaxsning ma’naviy qiyofasi u boshqa odamlar bilan muloqotda bo‘ladigan jamiyatda 
shakllanadi. Inson jamiyatda o‘z qarindoshurug‘lari bilan birlashib yashashga majburdir, bundan 
maqsad bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o‘zini, ham boshqalarni 
ta’minlash uchun kerakli ishlarni bajarishidir. Odam hamma vaqt boshqalarning baxt-saodati 
haqida, muayyan vazifalarni bajarish zarurligi haqida o‘ylashi lozim. Mutafakkirning fikriga 
ko‘ra, muruvvatli kishi odamlarga xayrixoh, halol va haqgo‘y bo‘ladi. Beruniy mulozamat
rahmdillik, qat’iyat, sabr-toqat va kamtarlikni yuksak axloqli insonning asosiy xislatlari deb 
biladi. Mutafakkir muruvvatlilik deganda, eng avvalo insonning axloqiy kamolotini tushunadi. 
Beruniy 
o‘z asarlarida og‘ir nuqsonlarni – ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik, 
6
А.Маковельский. Авесто. Баку, 1960. 80 – 81-б. 
7
М.Хайруллаев. Фаробий ва унинг фалсафий рисолалари. – Т: “Фан”,1963. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin