Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
237 
ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi. Birinchisi – Vizantiya, ikkinchisi – G‘arbiy Yevropa, uchinchisi – 
sharqiy hudud – Qadimgi Rus. Vizantiyada estetik qarashlar xristian madaniyatida badiiy 
tasvirlarning roli haqidagi bahs-munozaralarida shakllanib borgan. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu davrda san’at asarlarida badiiy ijodning real 
dunyoga e’tibori kuchayishini ko‘rish mumkin. 
Qadimgi Rus badiiy ongida erkinlik, oddiylik namoyon bo‘ladi. 
Insonning dunyoga e’tiborining kuchayishi, go‘zallikni hissiy idrok etishdan zavqlanishi 
Uyg‘onish davrining yangi madaniy paradigmasi vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi. 
G‘arb Uyg‘onish davrida estetik qarashlar yangicha ijtimoiy munosabatlarning ta’siri 
ostida rivojlana bordi. Insonparvarlik g‘oyalari tarqalib borgani sari, ilm-fan, adabiyot va san’at 
muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham rivojlanib bordi. 
Bu davr estetikasining muhim xususiyati – uning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi 
va badiiy amaliyot bilan bog‘liq ekanligi. 
Uyg‘onish davri mutafakkirlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, 
Servantes, Shekspir estetik tafakkur taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Ular shu bilan birga 
buyuk san’at asarlari yaratdilar. Buyuk musavvir Leonardo da Vinchi dunyoni bilishda 
san’atning ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. U o‘zining estetik qarashlari bayon etilgan risolalaridan 
birida ko‘rsatib o‘tishicha, san’at narsalarning o‘ziga xos sifatlarini, ularning go‘zalligini izlab 
topadi va ommalashtiradi. San’at voqelikning in’ikosi, ijodiy qayta takrorlash jarayonidir. 
Klassitsizm estetikasi ham estetik tafakkur taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. 
Bualoning “Nazm san’ati” risolasi klassitsizm estetikasi mohiyatini ochib beradi. Unga ko‘ra 
barcha ijodkorlar klassitsizm ishlab chiqqan aqida qoidalariga bo‘ysunishi shart bo‘lgan. 
Ijodkorning erkinligi cheklangan. Klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni 
qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab qo‘yilgan va 
mavhumlash-tirilgan mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahkum etadi. Klassitsizm vakillari 
yuksak san’at aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni 
o‘z asarlarida aks ettirishi kerak deb hisoblaydilar. Klassitsizm uslubida juda ko‘p asarlar 
yaratilgan bo‘lib, ular jahon san’ati namunalaridandir. Lekin san’at taraqqiyotini faqat chiroyli 
va yuksak mavzu tomon yo‘nalti-rish uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi. 
Estetik fikrlar keyinchalik nemis klassik falsafasida ri-vojlantirildi. Ayniqsa, I.Kant va 
Gegel o‘z falsafiy sistemalari doirasida, estetik munosabat, did, ulug‘vorlik, go‘zallik masalalari-
da birmuncha qimmatli fikrlarni ilgari surdilar.
Masalan, Kant fikriga ko‘ra, did birgina odamga xos bo‘lgan tug‘ma qobiliyatdir, u shu 
qadar yakka hodisadirki, uni inkor etib bo‘lmaydi. 
Kant, shuningdek, ulug‘vorlik nazariyasini rivojlantirdi. U ulug‘vorlik va go‘zallikning 
barcha o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berdi. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin