Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 243
bilan ulug‘vorlik kasb etsalar, boshqalari o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhit
bilan uzviy qo‘shilib ketganligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Bobil minorasi,
Minorai Kalon, Misr piramidalari, Toj Mahal keng ko‘lami bilan ulug‘vorlik kasb etsa, Amir
Temur dahmasi, Shohizinda, Registon maydoni, Mir Arab mad-rasasi, Ismoil Somoniy
maqbarasi o‘ziga xosligi bilan ulug‘vorlik hissini uyg‘otadi.
San’atda ulug‘vorlik ba’zida fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Masalan,
Shekspir asarlari, Shashmaqom, ba’zi me’moriy obidalar bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlik,
ham fojialilik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin har doim ham emas. Masalan, Registon –
ulug‘vor, lekin fojiali his uyg‘otmaydi, Makbet xonim fojiali, lekin ulug‘vor emas.
Fojialilik va kulgililik estetik kategoriyalari yordamida hayot ziddiyatlari va
to‘qnashuvlari baholanadi va mushohada qilinadi. Fojialilik va kulgililik ijtimoiy xususiyatga
ega tushunchalardir. Ular yolg‘iz insonga xosdir, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina
namoyon bo‘ladi.
Fojialilik va kulgililik o‘zaro bog‘liqligi hayotning murak-kabligi, ziddiyatliligi,
harakatchanligidan kelib chiqib, ularni san-’at yordamida yaxshiroq anglaymiz. San’at asarlarida
fojialilik va kulgililik yaxlit namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda fojialilik va kulgililikning uzviy
chirmashib ketishi ildizlari ijodkor iste’dodiga borib taqaladi.
Masalan, Shekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar shu qadar chirmashib ketganki,
ularning birini ikkinchisisiz anglash qiyin.
Fojialilik muammosi har doim, falsafiy va estetik tafakkur e’tiborini o‘ziga jalb qilib
kelgan. Fojialilikda voqeiy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari hayot va o‘lim,
ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon
bo‘ladi.
Shekspir va Sofokl asarlari, Dostoevskiy, SHoloxov ro‘mon-lari, M.SHayxzodaning
«Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» sahna asarlari fojia san’atiga misol bo‘ladi.
Fojia san’ati – insoniyatning doimiy hamrohi. Inson o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish
uchun bir umr intiladi, kurashadi. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ijtimoiy
adolatsizliklar, mu-nosabatlardagi xilma-xillik, san’atda fojiali ohanglar tug‘ili-shiga sabab
bo‘ladi.
Kulgililik kategoriyasida ham insonning voqea-hodisalarga munosabatlaridan biri
ifodalanadi. Kulgili holatlarga faqat insongina kulgi bilan javob beradi. Kulgililik xunuklik bilan
bog‘lab mushohada qilinadi, xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi
va o‘zini go‘zallik o‘rniga qo‘yishi kulgilidir.
Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari tashqi va ichki tomonlarni o‘zida birlashtiradi.
Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. Hazil tuyg‘usi
shaxsning tabiiy va erkin, bevosita idrok etishi natijasida xilma-xil kulgili, beo‘xshovliklarni
ko‘rib, anglab, ularga kulgi bilan javob berish qobiliyatining ifodasidir.
Kulgi insonning ruhini ko‘taradi. Kulgililikning har xil ko‘rinishlari san’atning
arxitekturadan boshqa deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi va komediyada o‘zining to‘la
estetik ifodasini topadi. Kulgililik tushunchasi komik tushunchadan kengroqdir. Komik voqea
ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisadir. Komediyada komik matn bo‘ladi. Gogol
«Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak» deydi.
San’atda kulgilik turlari:
Latifa – kulgili yoki eng sodda komik voqea.