Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 279
ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.
6. “Ommaviy madaniyat” o'z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan
foydalangan xolda “ma'rifatparast”lik g'oyalari asosida o'ziga xos muomala va muloqot
madaniyatini ham targ'ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko'rishishdagi “boshni
boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o'zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so'zlar”ga
tayanilishi orqali ko'rib guvohi bo'lmoqdamiz.
“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har
kuyga
solish
mumkin
bo'lgan
olomonni
shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq
beradigan,
badiiy
yuksak,
o'quvchini
mushohadaga
undab,
tasavvur
olamini
kengayishiga
xizmat
qiladigan
asarlarni
yaqiniga yo'latmaydi. Shuning uchun “ommaviy
madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga
ega emas. Ommaviy madaniyat xoh G'arb hox Sharq bo'lsin uning ma'naviy hayotiga sezilarli
ta'sir ko'rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan
daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi
bo'lgan san'at orqali jamoatchilikka ta'sir etmoqda. Bu hodisa san'atda behayo filmlar, shahvoniy
romanlar, tuturuqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib, ularning asosida fahsh, zo'ravonlik,
shafqatsizlik hamda zo'ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning
ziyoli qatlami tushunib yetmoqda. Bu borada XX-asrning 70 yillarida amerikalik bir qator
sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga,
ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar.
Xususan, sotsiolog CH.Reych o'zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “Isyonkor yoshlar
o'zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa
va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkorlar” madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan
bog'liq falsafiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz
o'girgan xolda o'zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi
“yangi odam” uchun mazkur qadriyatning asosi – bu o'zini mavjud tizimdan tashqarida xis
qilishga bo'lgan layoqatidir.”-, degan fikrni bayon etgan edi.