O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Tarbiyaviy ishlarning ta‘sirchanligi, samaradorligi ko‘p jihatdan xalqimizning boy milliy, 
ma‘naviy merosining tarixiy ildizlarini o‘rganishga bog‘liq. Har bir xalqning ijtimoiy-ma‘naviy 
hayotida azaliy urf-odat, marosim, an‘ana tarzida o‘ziga xos bir qadriyat meros sifatida namoyon 
bo‘lib, avloddan avlodga yetib keladi. Millatning m a‘naviy madaniyatini shakllantirishda milliy 
qadriyatlarning o‘rni muhimdir. Milliy qadriyat millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan juda 
ko‘p qadriyat shakllarini qamrab oladi: «Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa b o‘lib, 
millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an‘analari, jamiki moddiy va ma‘naviy boyliklari, 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir» 
1. Tarbiyaviy ishlar mazmunida milliy qadriyatlarning quyidagi bosqichlaridan ketma-ket 
foydalanish mumkin. Ular:
• milliy qadriyat haqida tushuncha berish;
• ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy, moddiy boyliklar;
• xalq og‘zaki ijodiyoti;
• urf-odat va ularning tarbiyaviy ahamiyati;
• xalq yaratgan an‘ana va marosimlarni o‘rganish va nishonlash kabilar.
Milliy qadriyatlardan foydalanish, ta‘lim-tarbiya jarayoni mazmunini ochib berish o‘quvchilarda 
milliy g‘oya, milliy g‘urur, milliy iftixor kabi m a‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi.


10 
O‘zbek xalq etnografiyasida avlod-ajdodlarimiz komillikka intiluvchi har bir shaxsga nisbatan 
quyidagi o‘git bilan murojaat qilishgan:
O ‘zbegim! 
Osmoning musaffo, oilang tinch-totuv, dasturxoning to‘kin-sochin bo‘lsin, farzandlaring komil 
inson bo‘lib voyaga yetsin, har qachon bayram, to‘y-tomoshani tark etmasin. Milliy urf-odat va 
qadriyatlarimizga sodiq qol! A n’ana, marosim, milliy urf-odat o ‘zbekning o ‘zligidir! 
An’ana 
— tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, 
avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar m a‘naviy hayotiga ta‘sir ko‘rsatadigan 
madaniy hodisadir. An‘ana o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, kishilar ongiga singgan (umum 
yoki ma‘lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.
Odat (urf-odat) 
— kishilarning turmushiga singib ketgan, ma‘lum muddatda takrorlanib turuvchi 
xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor, qoidalar ko‘nikmasi. Masalan, 
kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish, mehmonlarga alohida 
hurmat ko‘rsatish, bayram
arafasida qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilarning biror 
ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
Odat ma‘lum sharoit ta‘sirida vujudga kelib, insonning fe‘l-atvorida mustahkamlanib qoladi va 
keyinchalik doimiy elementga aylanadi.
Marosim 
inson hayotidagi muhim sanalarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik 
vaziyatida o‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Masalan, ism qo‘yish, nikohdan o‘tish, dafn, xotirlash, ekin ekish (urug‘ qadash), o‘rim o‘rish 
marosimlari.
Odat kundalik hayotda doimo kuzatilsa, marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir 
bo‘lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealar (masalan, tug‘ilish, 
uylanish, o‘lim kabilar) bilan bog‘liq bo‘ladi. M arosimlarni o‘tkazishda avloddan avlodga 
o‘tadigan, ramziy va rasmiy an‘analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimda, bo‘layotgan voqeaga 
«guvoh» sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga sherik 
bo‘lishadi, kelajakni o‘ylab, yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o‘ziga xos tartibi 
(boshlanishi va nihoyalanishi) bo‘ladi. Inson hayotida bo‘lib o‘tayotgan muhim voqeani 
nishonlash jarayonida an‘ana ham, odat ham, marosim ham mujassamlashadi.
An‘ana, odat, marosim bir-biri bilan bevosita bog‘liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an‘analarning 
tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim bo‘lishi mumkin. «An‘ana», «marosim», 
«bayram» atamalari o‘zgarmas tushunchalar emas. Zamon taraqqiyoti va turmushdagi o‘zgarishlar 
ta‘sirida tushunchalar mazmuni ham kengayib boradi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar ta‘sirida 
talabga javob bermay qolgan an‘ana va bayramlar asta-sekin unutiladi. Mohiyatan xalqchil, 
ijtimoiy salmoqqa ega bo‘lgan an‘analar taraqqiy etadi.
Masalan, «Navro‘z», «Qovun sayli», «Lola sayli» va h.k. bayramlar zamonaviy talablarga javob 
bergani uchun ham asrlar davomida yashab kelmoqda.
Xalq turmushining o‘zgarishi unga mos an‘analarni vujudga keltiradi. O‘zbek xalqi hayotida ham 
yaqin yillar ichida avvaldan mavjud bo‘lmagan ko‘plab ijtimoiy va shaxsiy oilaviy an‘ana, 
marosim va bayramlar paydo bo‘ldi. Keyingi paytlarda ilmiy adabiyotlarda, davriy nashrlarda 
«an‘anaviy bayramlar», «yangi an‘analar» so‘zlari ishlatila boshlandi. An‘anaviy bayramlar 
deganda, ma‘lum vaqtda m untazam o‘tkazib turiladigan azaliy madaniy ommaviy tadbirlar — 
«Gul bayrami», «Lola sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to‘yi» (hozirgi «Paxta bayrami») nazarda 
tutiladi. Chunki ular qadim zamonlardan buyon mavjud bo‘lgan xalq bayramlaridir.
Yangi an‘analar — hayotimizga kirib kelayotgan va joylarda endigina urf bo‘layotgan tadbirlardir.


11 
Odatda, 
bayram 
deganda, biron-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki 
ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi. «Bayram kunlarida odamlar «qisqa» vaqtga 
bo‘lsa-da, o‘zlarini kundalik mehnatdan, tashvishdan, g‘am-g‘ussadan, qaramlikdan, qarzdan xoli, 
erkin sezadilar», deydi qadimshunos M. Qodirov.
Bayramlar har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlarini aks ettiradigan ko‘zgu sanaladi. Chunonchi, 
kishilar bayram chog‘ida chiroyli kiyimlar kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashib, o‘z 
pazandaliklari, kiyinish madaniyatlari, go‘zallikka tashnaliklarini namoyish etishadi. Bayram kuni 
hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Odamlar o‘rtasida boshqa kunlarga qaraganda muayyan 
darajada yaqinlik, hamkorlik, hamjihatlik vujudga keladi. Bayram kuni azal-azaldan tinchlik kuni 
hisoblangan. O‘sha kuni urush, nizo va mojarolar to‘xtatilgan. Bu kunda kishilar o‘rtasidagi 
adovat, gina-kuduratlar unutilgan, o‘zaro arazlashganlar yarashishgan. Bayramlarda vujudga 
keladigan ko‘tarinki kayfiyat kishilarni ertangi kunga umid bag‘ishlashga, kelajakka ishonch bilan 
qarashga undaydi.
Bayram ijtimoiy-madaniy hayot ko‘zgusi sifatida har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarini 
ham keng namoyish qiladi. 
Navro‘z bayrami. 
Bu tabiatning uyg‘onishi, ekin ishlarining 
boshlanishini nishonlashga qaratilgan bayram bo‘lib, marosimlarda qadimiy zardushtiylik 
alomatlari saqlanib qolgan. An‘anaga ko‘ra, uylarda hozir ham xuddi qadimdagidek bo‘g‘irsoq 
pishiriladi va marosim taomi sumalak tayyorlanadi. Bayramdan keyin, odatda, daladagi ekin 
ishlari boshlangan.
O‘tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval 
ho‘kizlarning shoxlari va bo‘yinlariga moy surtilgan. Birinchi ko‘chatni mahallaning eng e‘tiborli 
va keksa a‘zosi ekkan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, Navro‘z bayramini 
nishonlash davlat darajasida muhim ahamiyat kasb etdi. Rang-barang teatrlashtirilgan 
tomoshalarda Navro‘zning falsafiy shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o‘rni aks ettiriladi. 
Oilaviy an’analar, bayramlar. 
Xalq an‘analarining muhim qismini oilaviy marosimlar tashkil 
qilgani uchun ularni alohida tadqiq etish ehtiyoji yuzaga keladi. O‘zbek oilalarida chaqaloq 
tug‘ilganidan to u ulg‘ayib, yangi oila qurguniga qadar sodir bo‘ladigan muhim sanalarga 
bag‘ishlangan marosimlar tizimi mavjud. Mazkur tizimga chaqaloqning dunyoga kelishi, unga ism 
berish, chaqaloq chillasi, beshik to‘yi, soch to‘y, tish to‘yi, birinchi qadam, sunnat to‘yi, muchal 
yoshi, nikoh to‘yi kabilar kiradi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin