O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b
Darsning borishi: I. Bu darsni o‘tkazish uchun sinf o‘quvchilarini uch guruhga bo‘linadi (qator bo‘yicha) va
o‘yin mazmuni tushuntiriladi:
-
Bolajonlar, bugungi darsimizni o‘yin tarzida o‘tamiz. Buning uchun sizlarni uch guruhga
ajratib olamiz .Har bir guruh berilgan topshiriqlarni tez va to‘g‘ri bajarganligi, chiroyli nutqi, odob
bilan so‘zlashishiga qarab baholanadi. Dars davomida eng yahshi guruh, eng faol guruh va eng
shirinso‘z guruh nomini olishga intiling. Har bir to‘g‘ri javob uchun qizil jeton, o‘rta javob uchun
sariq jetonlar berib boriladi va albatta guruhdagi holatga qarab yuqoridagi aytilgan darajalar
berilib, buning uchun ham ballar ortib boradi.
II. 1-topshiriq: O‘tilgan mavzu bo‘yicha test savollari berish (5 daqiqa):
1. Berilgan gaplardan eng to‘g‘ri, odob bilan aytilganini aniqlang.
a)
Hozir, oyi boraman;
b)
Uf,boraman dedimu;
c)
Xo‘p bo‘ladi oyijon, hozir boraman.
2. Kim birinchi bo‘lib salom berishi kerak?
a)
Kichiklar;
b)
Xonaga kirib kelgan kishi;
c)
Kim o‘zini va boshqalarni hurmat qilsa, albatta birinchi bo‘lib salom beradi.
3. So‘zlashish odobi insonlarga nima uchun kerak?
a) Inson insonligini bildirish uchun so‘zlashish odobini bilishi kerak;
b) So‘zlashish odobi kichik bolalarga kerak emas;
d)
Hayvonlar, qushlar ham bir-biri bilan so‘zlashadi. Ularga so‘zlashish odobi kerak emas-
ku! Insonlarga ham shart emas.
4. Til nima uchun kerak?
a)
Odamlarga faqat yaxshi so‘z gapirish uchun;
b)
Yomon so‘zlarni bemalol til orqali gapirish uchun;
c)
Tilning odamga aloqasi yo‘q.
5. Siz tilingizni yomon so‘zlarga ishlatasizmi?
a)
Ha;
b)
Hech qachon;