134
“Tarbiya”
darslarini
tashkil etishda tarbiyaviy
treninglar.
Jami:
120
30
30
60
III. Fan tarkibiga quyidagi mavzular mazmuni kiradi:
I-semestr
Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari. Asosiy
kategoriyalari. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot
metodlari.
Milliy tarbiya konsepsiyasi.
“Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun. Taʼlim to‘g‘risidagi qonunning
mohiyati va mazmuni. Konsepsiya tushunchasining mazmuni. Milliy tarbiya konsepsiyasi.
Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini
rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egaligi.
Milliy urf-odat, qadriyat va anʼanalar – tarbiya asosi.
Tarbiya darslarida milliy
qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish, milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri.
O’z-o`zini tarbiyalash
o`z faoliyatini tahlil qilishdan va o`z shaxsini takomillashtirishdan
boshlanadi. O`qituvchi o`z ustida ishlashi, o’z-o`zini tarbiyalashda uslublardan foydalanishi.
Taʼlim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va taʼlim muassasasi integratsiyasi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va taʼlim muassasasi hamkorligi”
Konsepsiyasining ahamiyati. Taʼlim muassasasi faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari
.
Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar.
Jahon tarbiya konsepsiyalari. Jahonning rivojlangan mamlakatlari
tarixi, maqsadli, uzluksiz
maʼnaviy tarbiyaning tutgan o‘rni. Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi
“xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim”, “davlat uchun maq’bul axloqiy sifatlarni
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi. Xitoyda
Konfutsiylik axloqining besh asosiy ustuni.
Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati.
“Tarbiya”
tushunchasining mohiyati. Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari.
Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya maqsadining
jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash –
bosh ijtimoiy maqsad. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari.
Tarbiya shakllari (turlari)
haqida tushuncha. Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari. Boshlang‘ich sinflarda tarbiya
metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish shartlari.
Dostları ilə paylaş: