qalbida ilmga tashnalik ufirib turgan
guruhdoshlarim xuddi oila
a`zolarimday bo`lib qoldi. Har kuni turli #challenge lar uyushtirib
yaxshi ishlarga bir-birimizni da`vat qila boshladik:
#uyg`onamiz
#kun hadisi
#kun iqtibosi
#kitobdan
parcha
#photo by me
Endi shu #challenge larda qatnashish uchun ham har kuni
nimadir qila boshladim. #uyg`onamiz challengeda
qatnashish uchun
ertaroq turishni odat qildim. Kech uyg`onib uyatda qolmay dedimda.
Shu sababdan kunimga baraka kirdi. #kun hadisi challenge i uchun
hadis kitoblarini varaqlab qiziqarli va hammaga foydasi tegadigan
hadis qidira boshladim. Bilim bulog`imga hadis ilmi degan yangi irmog`
qo`shildi. #kun iqtibosi challenge
da qatnashish uchun insonga
motivatsiya beradigan kanallarga a`zo bo`lishimga to`g`ri keldi.
Xohlasam xohlamasam ruhni ko`taradigan iqtiboslarni o`qishni,
ichidan hammaga xush yoqadiganini topishni boshladim. Bu
iqtiboslarni o`qiverganimdan kayfiyatim o`z-o`zidan ko`tarilib
yuzlarimga tabassum bahor kabi qaytdi. Va menga eng yoqqani
#photo by me challenge i bo`ldi. Endi rasmga tushirish uchun birorta
antiqa taom pishirishga yoki ko`chada aylanib rasmga tushirishga
arzigulik joy qidirishga harakat qila boshladim.
Bu tanamga tabiiy
jismoniy mashq bo`lib ahvolim yaxshilana boshladi.
BY o`qishni tavsiya qilgan kitoblardan nimani o`rgandim?
O`qishni o`rgandim. So`ng yozishni o`rgandim.
Va biroz muddatdan keyin
yozuv menga o`zimni o`rgatdi…
Bizga o`qish uchun berilgan birinchi kitob “Ilm olish sirlari” edi.
Singlimning kitob olib kelishini orzuqib kuta boshladim. Va nihoyat
kech kirganda qo`limda olov kabi qip-qizil kitob turardi.
Mening
omadli ranggim qizil edi. Ko`zimdan yosh otilib chiqib ketdi. Barcha
muvaffaqiyatimning guvohi edi qizil rang. Yuragim sezyapti bir hayrli
hikmat bor bunda…Asarda aytilishicha, Qur`oni
Karimda Olloh
Taoloning “Bir mashaqqatga ikki yengillik beraman”, “Duo qiling
-
ijobat qilaman”,
-degan va`dasi bor ekan. O`zing Haqsan. So`zing haq.
Demakki, bergan va`dang haq deb tilimni duolar bilan bezay
boshladim.
Keyingi asar “Qalb iffati” bo`ldi. U menga nasihat qildi: “Robbimiz
ham qilmagan ishni qilmang.
Dostları ilə paylaş: