SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
813
aylanmasi 2021 yil boshida 2 trln.dollarga yetdi va kriptovalyuta bozorining tez o‘sishi oqibatida
allaqachon jamg‘arma sifatida dollarning ishonliligiga putur yetmoqda. Pul muomalasidagi
tektonik siljishlar butun dunyo markaziy banklarini kriptovalyutalarning rivojlanish
tendensiyasini kuzatishga va blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda davlat raqamli
valyutalarini chiqarishga majbur qilmoqda. Bunday valyutalar to‘lov va hisob -kitob qilish
texnologiyalarini ancha soddalashtiradi va agar kriptovalyutalarning joriy etilishi tufayli boshqa
davlatlar dollar bilan to‘lovlardan ommaviy ravishda voz kecha boshlasa, dollar qulashi, bu esa
katta ehtimol bilan jahon iqtisodiyotidagi o‘ta og‘ir “Tepki” ga aylanishi mumkin.
Bizning davlatda iqtisodiy inqirozga qarshi fundamental choralar ko’rib kelinmoqda.
2008-2012 yilga mo’ljallangan iqtisodiy chora tadbirlarni ko’ramizmi yoki taraqqiyotning
“O’zbek moduli” haqida so’z yuritamizmi,balki “Harakatlar strategiyasi” tamoyillarini taxlil
qilamizmi iqtisodiyotimizdagi munosabatlarni sezilarli darajada uzoq o’ylangan reja asosida
talofatlarsiz kelayotganini ko’rishimiz mumkin. Mustaqillik davrlaridagi “Shok terapiyasi” kabi
bizga taklif etilgan yo’llar o’rniga biz o’zimizning o’ziga xos yo’limizni belgilab oldik va shu
rejalar asosida harakat olib bormoqdamiz. Iqtisodiyotning bir maromda o’zgarishi o’z navbatida
yagona islohotchi qarashlarini talab qiladi. Bizning belgilab olgan yo’limizda ham davlat bosh
islohotchi vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bu davlatning
imkoniyatlari cheklanganligi, yoxud iqtisodiyotni yaxshi bilmasligidan emas, balki uzoqqa
mo’ljallangan iqtisodiy, strategik yo’li borligidandir. Davlatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish
shu orqali aholi qatlamlarining ko’p qismini yaxshi hayot kechirish tarziga o’tishini ta’minlash
keskin inqirozlarning oldini oluvchi vosita bo’lib kelmoqda deb o’ylashimiz mumkin. Bugungi
kunda turli xil imkoniyatlar yetarli bo’lganligi davlat ruxsatlarining berilishi tashqi
investitsiyalar soni va miqdorini keng ko’lamda oshirib kelmoqda. Iqtisodiy o‘sish va
prognozlash o’z navbatida iqtisodiy bilimlarni talab etar ekan yaxshi kadrlar masalasi ham
iqtisodiy inqiroz kutilayotgan davrda uning oldini olishning zarur choralaridan biri ekanligini
bilishimiz mumkin. Dunyo milliarderlarining fikricha pul topish va uni ko’paytirish insonning
keng salohiyati va dunyo qarashi bilan birgalikda teran va kreativ g’oyalariga bog’liq ekan.
Agarda shu insonlardagi mablag’ni oddiy qatlam aholisiga tenglashtirilganda ham bu mablag’lar
ularning hayotini yaxshilatib qo’ymas edi. Toki ularning iqtisodiyot, inqiroz, jamg’arish, budjet,
daromad va xarajat kabi masalalarda bilimlari yetmas ekan ular bu mablag’larni shunchaki
sarflab yuborishadi. Aslida ayni qo’rqinchili inqiroz va iqtisodiyotning o‘sish mushkulligi ham
ana shunda.
Aholi orasida iqtisodiy bilimlarni oshirish va iqtisodiy savodxonligini yaxshilash,
daromaddan ko’p qismini foydaga aylantirish masalalarini bilish iqtisodiyotda vujudga keladigan
har qanday holatga qarshi turishning fundamental himoyasi hisoblanadi. Inqirozga avvalo ko’p
hollarda pulning qadrsizlanishi va narxlarning keskin oshishi, valutadagi o’zgarishlar asosiy
sabablardan biri bo’lib kelmoqda.