Kesimi ag’darma chokli yenglarning tirsak choklari
tikilayotganda kesim
qirqimlari ham 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib biriktiriladi.
Yeng ost bo’lagidagi kesim chok haqining yuqori
va pastgi burchaklari
baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kertib qo’yiladi. Tirsak choki yorib dazmollanadi.
Ochiq kesimli yenglar tayyorlashda ust bo’lag kesim haqqini o’ng
tomonga
bukib uning pastgi chetida 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib, yon qirqimiga 0,5 sm
yetkazmay biriktirib tikiladi. Tirsak choki tikilayotganda kesimning yon choki ham
tikiladi. Kesim pastgi burchagini o’ngigga ag’darib to’grilanadi.
Tirsak choki yorib
dazmollanadi, kesim yeng ustki bo’lagi tomonga bukib dazmollanadi. Yeng
uchining tirsak chok ustidagi joyi bostirib dazmollanadi.
Kesimsiz yengga ishlov berish
Yeng ustki va ostki bo'laklari 1 sm kenglikda
ostki yeng tomondan biriktirib tikiladi. Yeng old choki yorib dazmollanadi.
Yordamchi andaza qo'yib, yengning teskarisida yeng uchini bukish chizig'i
belgilanadi. Yeng uchi pishiqroq bo'lishi uchun uning
teskarisiga qotirma bukish
haqi tomonida bukish chizig'iga to’g’rilab qo'yiladi va dazmolda yopishtiriladi.
Shundan keyin tirsak qirqimlari 1 sm chok kengligida ustki yeng tomondan biriktirib
tikiladi. Tirsak choki yorib dazmollanadi. Yeng uchining
bukish haqi belgilangan
chiziqqa muvofiq teskari tomonga qaytarilib ko'klanadi va dazmollanadi. Avra yengi
uchiga astar yenggi uchi biriktirib tikiladi. Chok dazmollanadi va yeng uchi o'ngiga
ag'dariladi.
Adabiyotlar:
1. З.Давлетшева Тикув буюмларини тайёрлаш технологияси. Ўқув қўлланма
Тошкент “Сано стандарт” нашриёти 2017
2. Г.К.Хасанбаева. Кийим моделини ишлаш ва конструциясини тайёрлаш.
укув кулланма. Тошкент.Укитувчи 1990 йил.
3. Э. К. Амирова и др. Конструирование одежды: Учеб. пособие, М.:
Издательский центр «Академия», 2005.
4. Е.М. Гнеушева и др. Конструирование одежды. Конструирование и
технология изготовления детской одежды: учебное пособие для вузов / – Орел:
ОрелГТУ, 2010.
5. Чижикова Л.П. Кружок конструирования и моделирования одежды.
Пособие для руководителей кружков шк. И внешкю учреждений. – М.:
Просвещение, 1990.
Dostları ilə paylaş: