58
11. TOG’ JINSLARINING YOSHINI ANIQLASH
Yer qobig’ini uzoq davom etgan geologik taraqqiyoti
tarixini oydinlash-
tirishda tog’ jinslari ,
ularning yotish shakllari, tarkiblari va ulardagi organik
hayotning qoldiqlari muhim rol’ uynaydi. Tog’ jinslarini to’la o’rganish orqali, yer
qobig’ining geoxronologik shkalasi ishlab chiqilgan bo’lib, unda yer qobig’ining
tarixiy taraqqiyoti jarayoni vaqtini va ketma - ketligini
geologik yil hisobida
ko’rsatilgan. Yer qobig’ining geoxronologiyasi Yerdagi organik hayot va yer
qobig’ining ma’lum bir taraqqiyoti bosqichlari
davrlari ketma - ketliklar
yig’indisidan tuzilgandir. Geoxronologik bo’linish
nisbiy
va
absolyut
bo’ladi.
Nisbiy geoxronologiya
- tog’ jinsi qatlamlarining
eng oldin paydo
bo’lganini aniqlash uchun qatlamlardagi o’simlik va xayvon qoldiqlarini topib,
ularning birini ikkinchisiga taqqoslab ko’riladi.
Eng oddiy xayvonlar va
o’simliklar qoldigi bor pastki qatlam undan yuqorida yotuvchi qatlamga nisbatan
keksa hisoblanadi. Qatlamlarning oldin yoki keyin hosil bo’lganligini -
stratigrafiya
deb ataladi.
Stratigrafiyada petrografikaviy va palentologik uslublar mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: