Suyuq axlatlar
: Najas (axlat va siydik)
suyuq axlatlar guruhiga kirib, u insonlarning
normal fiziologik faoliyati natijasida organizmdan
ajraladigan chiqindi. Organizmni shaxsiy gigiena
qoidalarini saqlash maqsadida yuvinish, kir yuvish
va boshqa faoliyat oqibatida paydo bo‗ladigan suyuq chiqindilar hojatxonalarda,
kirxonalarda, yuvindi tashlanadigan o‗ralarda yig‘iladi. Kanalizatsiya tarmoqlari
mavjud xonadonlarda – suyuq chiqindi axlatlar kanalizatsiya orqali oqiziladi.
Hojatxonalar shaxsiy va jamoa hojatxonalariga bo‗linadi.
Hojatxonalar
kanalizatsiya tarmoqlariga ulangan yoki ulanmagan bo‗lishi mumkin. Hojatxonalar
ichida sanitariya talablariga javob beradigan isitilgan hojatxonalar (lyuftklozetlar)
dir. Ular binolarga taqab yaxshi qurilib joylashtirilsa, bino havosi, tuproq, yer osti
suvlari-sizilgan suvlar bilan ifloslanmaydi. Bunday hojatxonalarni bir-ikki qavatli
binolarga o‗rnatib qurish mumkin. Hojatxonani yil davomida 1-2 marotaba
tozalash tavsiya qilinadi.
Kanalizatsiyasi bo‗lgan turar-joylarda sanitariya talablariga javob
beradigani suvli hojatxonadir (vaterklozet),
bunday hojatxonalar 1810 yillarda
Angliyada qurila boshlangan. Bunday hojatxonalar asosan o‗tirish tozi (Unitaz) va
shu o‗tirish tozini yuvib tashlaydigan suv idish (baki) dan iborat.
O‗tirish tozi farfordan, uni yuvish uchun suv idishi plastmassadan yoki
farfordan ishlangan bo‗lishi mumkin. Unitaz (o‗tirish tozi) ni suv bilan yuvish
uchun truba unitazga tushiriladi yoki oraliq suv idishi orqali ham unitazga ulanishi
mumkin.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
163
Turar joylarni obodonlashtirishning yana bir ko‗rsatkichi jamoa uchun
qurilgan hojatxonalardir:
-Bunday hojatxonalar tashqi ko‗rinishi va ichki jihozlari bilan insonni bahri
dilini ochadigan qilib qurilishi gigienik va estetik talablarga javob beradigan
bo‗lishi kerak;
-Hojatxonaning ichki tomonlari silliq kafel plitalari, poli esa metlaks plitalari
devorlarida ko‗zgu oynalari bilan bezatiladi.
-Maxsus vodoprovod jo‗mragi o‗rnatilishi, najas va siydikni yuvib
yuboradigan moslamalarni bo‗lishi hojatxonalarni toza ushlashga imkon beradi;
-Ularda kiymni yechib osadigan ilgaklar, oyoq kiyimlarini moylash uchun
moslamalar va boshqa jizohlarni bo‗lishi aholining gigienik va sanitariya
saviyasini oshirishga imkon beradi;
-Odamlarning hojatini chiqarish uchun har bir korhona yoki tashkilotlarda
aholining soniga qarab hojatxonalar qurilgan bo‗lishi darkor;
- Odatda jamoa hojatxonalari obodonlashtirilgan xiyobon – bog‘larda, aholi
ko‗p bo‗lgan ko‗chalarda, vokzallarda dengiz va daryo portlarida, bozorlarda,
istirohat bog‘larida, stadion, cho‗milish plyajlarida va boshqa odamlar gavjum
bo‗lgan joylarda qurilishi kerak;
-Jamoa hojatxonalari katta-katta binolarning podval xonalarida, birinchi
qavatlarida qurilishi ham mumkin;
-Hojatxonalar isitilgan va etarli yorug‘lik bilan ta‘minlanishi kerak;
-Hojatxonalardan zararli havoni tortish uchun shamollatish moslamalari
o‗rnatiladi, ular toza havoni tortib, iflos havoni hojatxonadan chiqarib yuborishga
moslangan. Katta hojatxonalarga ikki-uch barobar toza havo tortilsa, besh
barobar iflos havo chiqarib tashlanadi;
-Hojatxona kabinalarining maydoni 2,75 m
2
bo‗lib har bir pissuar uchun 1,5
m
2
joy ajratiladi. Xonalarning eshiklari poldan 15 sm balandlikda turadi. Jamoa
hojatxonalarining atroflari obodonlashtiriladi va ko‗kalamzorlashtiriladi. Agar
hojatxona yer yuzasidan chuqurroq qilib joylantirilsa, u holda uning tashqi tom
maydoniga turli gullar ekilib, gulzorga o‗xshatiladi;
-Hojatxonalarning tozaligini ta‘minlash maqsadida mahsus ishchilar ishga
qabul qilinadi. Keyingi vaqtda juda ko‗p jamoa hojatxonalari ijaraga olinib, kirish
pullik qilindi. Bundan hojatxonalar zamonaviy, gigienik talabga javob beradigan
hojatxonalarga aylandi. Ular toza, yorug‘ bo‗lishi, kiyim-kechaklarni changdan
tozalash uchun shyotka, oyoq kiyimlarni moylash uchun moy va maxsus
shyotkalar, soqol olish uchun sharoitlar va boshqa xizmatlar yo‗lga qo‗yilishi
lozimdir;
-Kanalizatsiya shoxobchalari bo‗lmagan aholi turar-joylar va tashkilotlarda
suyuq axlatlarni assenizatsion avtomobil (gavnovoz) larda tashqi muhitni
ifloslantirmay olib chiqib ketiladi. Suyuq axlatlarni olib chiqib ketish uchun
mo‗ljallangan assenizatsion mashinalarning hajmi 2,5-4 m
3
ga teng. Ular tez,
tinmay sutka davomida ishlasalar, aholiga ancha qulaylik tug‘iladi.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
164
Dostları ilə paylaş: |