Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
89
Yetuk rivojlanmagan va yetuk klimaks ekotizimlari har xil xususiyatlarga
ega.
O'simliklar, asosan ,bir yillik o'simliklar, o'z kuchlarining katta qismini ildiz
tizimiga va jarohatlangan barglariga emas, ko'payish uchun mayda urug'larni
yetiltirishga sarflashadi. Ular boshqa ekotizimlardan oqib chiqadigan ozuqaviy
moddalarni olishadi, chunki ular o'zlari ozuqa moddalarini saqlay va yig'a
olmaydilar.
Yetuk ekotizimlar, yetuk bo'lmaganlardan farqli o'laroq, turli xil turlari,
turg'un populyatsiyalari va murakkab oziqlanish shakllari bilan ajralib turadi.
Tizimda ko'p miqdorda o'lik organik moddalarni parchalaydigan reduktorlar
hukmronlik qiladi. O'simliklar katta urug'lar beradigan, katta ko'p yillik o'tlar va
daraxtlar bilan ifodalanadi. Ular energiya va ozuqa moddalarining katta qismini
ildizlarini rivojlanishiga sarflashadi. Ushbu tizimlarning o'zi zarur oziq
moddalarning bir qismini o‗zlashtiradi, saqlaydi va qayta ishlaydi.
Akademik V.N. Sukachev o‗simliklar jamoasining almashinishi haqida
quyidagi jarayonlarning mavjud ekanligini ko‗rsatadi:
1>Dostları ilə paylaş: