.
Diskret axborotni ifodalashga misollar.
Kompyuter tarmoqlarida potensialli va impulsli kodlash bilan
birga, ma‟lumotlarni
modulyasiya
asosida kodlash ham qo„llaniladi.
(4.5-rasm). Potensialli yoki impulsli kodlash yuqori sifatli aloqa
kanallarida,
sinusondal
signallar
asosida
modulyasiyalash
esa
uzatilayotgan signalning shaklini buzilish ehtimoli kuchli bo„lgan
kanallarda ishlatiladi. Masalan, global tarmoqlarda ma‟lumotlarni,
tovushni analog shaklda uzatuvchi analog telefon kanallari orqali
uzatishda modulyasiyadan foydalaniladi.
Fizik kanallar orqali trafikni uzatishni, ularning ko„pgina
xarakteristikalarini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak bo„ladi.
Shunday xarakteristikalardan, ya‟ni tavsiflovchi ko„rsatgichlardan
ba‟zilarini ko„rib chiqamiz:
1.Taqdim qilinayotgan yuklama
– bu tarmoqning kirishiga
foydalanuvchilardan kelib tushayotgan ma‟lumotlar oqimidir. Bu
yuklamani tarmoqqa ma‟lumotlarni kelib tushish tezligi - bit/s-larda
(kilobit/s, megabit/s) ifodalab tavsiflash mumkin.
2.Ma’lumotlarni uzatish tezligi
(
information rate yoki thraughput
) bu
tarmoq orqali o„tayotgan ma‟lumotlar oqimining haqiqiy tezligi. Bu
tezlik, taqdim qilinayotgan yuklama tezligidan kichik bo„lishi mumkin,
81
negaki tarmoq orqali ma‟lumotlarni uzatishda xatoliklar sodir bo„lishi
yoki ma‟lumotlarni yo‟qolib ketish holatlari ham sodir bo‟lishi mumkin.
3.Aloqa kanalining xajmi (capacity)
yoki aloqa kanalining
o‘tkazish
qobilyati
– bu kanal orqali uzatilayotgan ma‟lumotlarning maksimal
tezligidan iboratdir. Kanalni tavsiflovchi bu ko„rsatgich, nafaqat
ma‟lumotlarni uzatuvchi fizik muhit ko„rsatgichlarini, balki bu muhit
orqali diskret axborotni uzatish uchun tanlangan yo„l yoki usulning
xususiyatlarini ham o„zida aks ettiradi. Masalan: bitta xildagi optik tolali
kabel asosida, har-xil tezliklarda ma‟lumotlarni uzatuvchi, aloqa
kanallarini hosil qilish mumkin. Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit
Ethernet texnologiyalarida bitta xildagi optik tolali kabel asosida 10, 100
va 1000 Mbit/s tezliklarga erishilgan. Buning uchun – boshqacha
kodlash usullaridan, boshqacha taktli chastotalardan yoki boshqa tezlikni
oshirish imkoniyatini beruvchi yo„llardan foydalanilgan.
4.O‘tkazish polosasi
(bandwidth)
– bu atama ikki xil ma‟noda
ishlatiladi. Birinchi holatda uning yordamida uzatish muhitini tafsiflash
mumkin. Bunda u orqali deyarli xatolarsiz uzatilishi mumkin bo„lgan
signalning – chastotalar oralig„ining (polosasini) kengligini bildiradi.
Ikkinchi holat da esa bu atama “aloqa kanalining hajmi” atamasiga
sinonim sifatida ham foydalaniladi. Ko„p xollarda bu atamaning birinchi
varianti qo„llaniladi.
Aloqa kanali bo„ylab bir tomonga yoki ikkala tomonga axborot
uzata olish imkoniyatini bildiradigan yana bir guruh tavsiflar mavjud.
Fizik aloqa kanallari ikkala tomonga qanday qilib axborot uzatishlariga
qarab bir nechta turga bo„linadilar:
1.Dupleks kanal
– bir vaqtning o„zida ikkala tomonga barobar axborot
uzatishni ta‟minlay oladigan kanal. Bunday kanal faqat bir tomonga
axborot uzatadigan ikkita fizik muhitdan iborat bo„lishi mumkin.
Dupleks kanalining bitta fizik muhitdan iborat bo„lgan varianti ham
mavjud. Bunda qarama-qarshi oqimlarni, ajrata oladigan qo„shimcha
usullardan foydalanib, ularni galma-gal (navbat bilan) muhit orqali
uzatish amalga oshiriladi.
2.Yarimdupleks kanal
– bunda axborotni ikki tomonga uzatish bir
vaqtda emas balki, galma-gal (navbat bilan) amalga oshiriladi, ya‟ni
ma‟lum bir vaqt mobaynida, bir tomonga bo„lsa, keyingi shunday vaqt
ya‟ni davr mobaynida boshqa tomonga axborot uzatiladi.
3.Simpleks kanal
– axborotni faqat bir tomonga uzatish imkonini
beradi. Ko„pgina dupleks kanal ikkita simpleks kanallardan iborat
bo„ladi.
|