Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Bolalar psixologiyasi predmeti



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

4.2. Bolalar psixologiyasi predmeti
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan 
yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlani­
shiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini bosh- 
dan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xusu- 
siyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida 
ajratib o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygunga- 
cha o'sib yetilish davri) taraqqiyot yo‘li deyiladi.
Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda 
shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni 
ham o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolarni hal qilish­
da mustaqil fan sifatida o‘ziga xos vazifalarni hal etmog‘i lozim.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qan- 
cha muhim nazariy va amaliy vazifalar turadi. Bolalar psixologi­
yasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini yechish- 
ga qaratilgan- Jumladan, uning nazariy vazifalariga quyidagilar 
kiradi:
1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyat- 
larni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi — tuyg‘ulariga, diqqatiga 
va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususi- 
yatlarni o‘rganish.
2. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’lim o ti asosida
turli yoshdagi bolalar p sixik jarayonlari xususiyatlarining nerv-
fizio lo g ik asoslarni o ‘rganish.
3. 
B olaning p sixik taraqqiyotiga faol ta ’sir qiluvchi om illarn i
aniqlab berish.
72


4. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos boMgan qo- 
nuniyatlarni o‘rganish.
5. Bola shaxsiga xos bolgan psixologik xususiyatlarni o‘rga- 
nish.
6
. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash.
7. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jara- 
yonlarini faollashtirish.
8
. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini 
shakllantirish.
9. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini 
shakllantirish.
10. Ta’lim-tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib be- 
rishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bola­
larning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbi­
yachilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, ya’ni jamoatchilar o‘rtasida 
keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifa- 
si — keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususi­
yatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo‘lish 
yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bi- 
limlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlashdan iborat. Ja- 
moatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro‘znoma va 
oynomalarga maqolalar yozish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli 
eshittirishlar tashkil qilish, ota-onalar bilan suhbatlashish, ma- 
hallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, suhbat va bahslar uyush- 
tirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish 
komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator tamoyillar — 
qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo'ladi.
Bu qoidalar quyidagilardan iborat;
1. 
Obyektivlik tamoyili — bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bi­
lan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. 
Masalan: mashg‘ulot davomida «bola oynadan tashqariga qara- 
yotgan edi», — deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot 
bolib hisoblanadi. Lekin, «bola e’tiborsiz», — deb aytish hodisa-
73


ning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib 
yubormaslik kerak, chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga 
qarab turgan bo‘lsa-da, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor be- 
rayotgan bolishi mumkin.
2. Sababiylik tamoyili — bu bola shaxsi va ongida yangi sifat­
larning hosil bolishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omil­
larni imkon qadar o‘rganishni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot 
davomida bola tez-tez oyna tarafga qaragan bolsa, bu hodisaning 
iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola 
e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? 
0
‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k.;
3. Sinchkovlik va muntazamlik tamoyili — bu bola psixika- 
sining shakllanish jarayoni, bunda psixolog va pedogoglar ta’siri 
sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.
Ushbu tamoyillarga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va bajariladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak;
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzili­
shi lozim;
d) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliglda o‘tkazilishi- 
ni belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga 
chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyektiv sabablar bilan sho- 
shilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hol- 
lariga yol qo‘ymaslik kerak. Aks holda obyektivlik tamoyili bu- 
zilgan boladi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuza­
tish metodidir. Kuzatish metodi 2 ga bolinadi:
1
) obyektiv; 2) subyektiv kuzatish metodi.
Bolalar psixologiyasida subyektiv, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatishdan 
foydalanilmaydi. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri 
subyektiv, ya’ni bolalarni tashqaridan kuzatib o‘rganish metodidir. 
Obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan 
bolib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari ham­
da shaxsiy psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda tarbiyachi va 
tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti-harakat-
74


larini ularning turli-tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzu- 
li tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga 
asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) har qanday kuzatishning aniq 
maqsadi, rejasi bolishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqa- 
rorligini yoki tafakkur bilan bogliq bolgan analiz qila olish qobili- 
yatini kuzatish; 2) bola shaxsining yaxlitligi tamoyiliga asoslanib, 
ya’ni analitik-sintetik nuqtai nazardan kuzatish; 3) bolani jamoa- 
da va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish; 4) kuzatish tabiiy sharoitda 
olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini mutlaqo 
bilmasliklari kerak; 5) kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, 
ularni turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda namoyon 
bolishni nazarda tutib) tizimli tarzda kun sayin o‘rganish kerak.
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli o‘yin faoli- 
yatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma-xil 
psixik jarayonlarning va individual xususiyatning namoyon 
bolishini o‘rganish mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bi­
lan o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bi­
lan o‘rganilganda ularning barcha fe’l-atvorlari va xatti-harakat- 
lari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda o‘rganiladi. 
Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom et- 
gandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar analiz qilinib, bolaga psi­
xologik xarakteristika tuziladi, vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatil- 
ganda bolaning barcha xulq-atvori va xatti-harakatlari emas, 
balki faqat ma’lum xatti-harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan 
bog‘liq bolgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida tur­
li bolalar taraqqiyotini sermazmun qirralarini kuzatish va un- 
da olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib o‘rganishdan ibo- 
ratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning 
ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan 
so‘ng N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar bolalar psixik taraqqi­
yoti yuzasidan tizimli tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr 
etganlar.
75


Bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladigan yana bir asosiy 
metod — eksperiment metodidir. Eksperiment metodi kuzatish 
metodiga nisbatan aktiv metod hisoblanadi. Eksperiment meto- 
dida u yoki bu psixik jarayonni qachon yuzaga kelishini kutib 
o‘tirmay, bu jarayonni eksperimentatorning o‘zi yuzaga keltiradi. 
Shuningdek, o‘rganilayotgan psixik jarayonni bolalarda bir necha 
marta takrorlab o£rganish mumkin, yana qulay tomoni shundaki, 
bu metod kuzatish metodi singari ko‘p vaqt talab qilmaydi. Eks­
periment metodi 3 ga bo‘linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2) 
tabiiy eksperiment; 3) pedagogik-psixologik eksperiment meto­
di. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil qilingan laboratori- 
yalarda turli asboblar yordami bilan o'tiladi. Tabiiy eksperiment- 
da biror psixik jarayon o‘rganilayotganda maxsus sharoit yuzaga 
keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala 
turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psi­
xologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bogccha 
yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperi­
mentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning 
farqiga bormaydilar.
Har ikkala holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki 
o£yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment meto- 
didan guruhlarda o£tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida keng foy­
dalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog£cha bolalar bilan 
o£tkaziladigan didaktik mashg'ulotlarda tabiiy eksperiment meto- 
dini qo£llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hayvonlar, par- 
randalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni 
aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bola­
lar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga ajratishlari- 
da ularning umumlashtirish xususiyatlarini o'rganish mumkin. 
Odatda, guruh sharoitida o'tkaziladigan bunday eksperimentni 
tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Bolalar psixologiyasida tarkib 
toptiruvchi eksperiment metodidan ham foydalaniladi.
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) 
tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog£cha yoshida-
76


gi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qism- 
larini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir bu- 
tun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar.
Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun nar- 
sani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilishga o‘rgatiladi. 
Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish 
mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar — doira, kvadrat, kub 
foydalaniladi).
Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodi- 
ning mahsuldorligi aniqlanadi. Masalan: biron tadqiqotchi bola­
larni son-sanoqqa o‘rgatishning qandaydir yangicha metodini ish­
lab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab 
ko‘radi. Buning uchun oldindan bog‘cha ma’muriyati bilan ke- 
lishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab ola­
di. Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda yangicha 
metod bilan elementar mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulo- 
tini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg‘ulotlar odatdagi es- 
kicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1—2 oydan so‘ng har ikkala 
guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqoslab ko‘riladi. Agarda 
eksperimental guruh bolalari yangicha metod bilan o‘zlashtirish- 
lari nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagi- 
na samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bog‘chalarga 
ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat guruhdagi bolalar­
ning o'zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha 
metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.
Bolalar psixologiyasida asosiy metodlardan tashqari yordam- 
chi metodlardan ham keng foydalaniladi. Bolalar psixiologiyasi- 
ning yordamchi metodlaridan — faoliyat mahsullarini o‘rganish 
metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum 
faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli 
narsalarni, mashg‘ulotlarni yuzaga keltiradilar. Ana shu narsa- 
larda, mahsulotlarda bolalarning psixik jarayonlari va psixologik 
xususiyatlari o‘z aksini topadi. Bog'cha yoshidagi bolalarning 
faoliyatlari — o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron nar-
77


sa yasash, applikatsiya, qurish-yasash kabilardan iboratdir. Ana 
shu faoliyatlarining natijasiga qarab bolalarning mayl va istak- 
lari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini o‘rganish 
mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular idroki- 
ning xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasav- 
vurlarini ko‘rish mumkin. Shu sababli bu metoddan bolalar psi­
xologiyasida keng foydalaniladi.
Bolalar psixologiyasida suhbat metodidan keng foydalanila­
di. Bu metodni 5—6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. 
Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ulardan 
og'zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga beriladi- 
gan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olinadi. Suhbat jarayoni­
da javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni tahlil qilish mum­
kin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish talab 
etiladi:
1. Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot da- 
rajalariga va yosh xususiyatlariga mos bolishi kerak.
2. Savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak.
3. Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, to‘liq javob olish 
kerak.
4. Suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak.
Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida
tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan munosabatla- 
rini o‘rganish mumkin.
Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda test metodi qo‘llanila 
boshlandi. Test so‘zi inglizcha bo‘lib, olchash degan ma’noni 
bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot 
darajalari va ayrim psixik jarayonlarining (tafakkur, xayol, xoti- 
ra) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test 
metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal 
taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash 
mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektual testlar deb 
(ataladigan) testlar katta ahamiyatga ega. Intellektual testlar — 
bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi.
78


Test vazifalari bolalarning o‘yin faoliyatlari bilan bog‘lansa, 
bolalar bunday vazifalarni bajon-u dil bajaradilar. Masalan: biron 
butun narsaning mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini 
birlashtirish, mayda bo‘lakchalardan murakkab va chiroyli ani- 
matsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan to‘g‘ri yo‘lni to- 
pa bilish vazifalaridan foydalanish mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin