Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan
chegirmalar
Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq, soliq bazasini aniqlashda
chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1
• qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan
moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan, ular mavjud
bo’lmaganda esa, soliq to’lovchi tomonidan belgilangan normalardan
ortiqcha tovarlar yo’qolishi;
2
• umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa tashkilotlarga joylarni
tekin berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun
kommunal xizmatlarning qiymatini to’lash;
3
• soliq to’lovchining Soliq Kodeksning 376-moddasida nazarda tutilgan,
jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan
xarajatlari;