234
dasturchi ko‘p jihatlarda vazifani qanday anglashiga qarab harakat qiladi. Aksariyat
axamiyatli yechimlar bu jarayonda izohsiz qoldiriladi, chunki har qaysi taraf ularni o‘z-
o‘zidan tushunarli deb hisoblaydi.
Dasturlarga aloqador yondosh hujjatlar ba'zan pala-partish tuziladi. Natijada mahsulot
bilan ishlash jarayonida buyurtmachi o‘zi buyurtma bergan va yaratilishi uchun pul
to‘lagan ishlanma ustidan nazoratni qo‘ldan chiqaradi. Bunda axborotlashtirish
loyihalariga ajratiladigan budjetda garchi g‘oyatda muhim bo‘lishiga qaramay xizmat
ko‘rsatishga doir xarajatlar ko‘zda tutilmaydi. Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni
qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat
loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga
aloqador axborotni aniqlash asosida o‘rganilishi lozim.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi eng muhim jihat va bir vaqtning o‘zida eng
murakkab bosqich – bu ishbilarmonlik muhitini soddalashtirish hamda odamlar va
biznesning davlat bilan muloqotiga sarflanajak xarajatlarni maksimal qisqartirishdir.
Shundan keyin tomonlarning davlat va xususiy sektor doirasida tashkilotlararo
(multiagent) muloqotni yo‘lga qo‘yish talab etiladi. «Bittadan-bittaga» va «bittadan-
ko‘pga» muloqot formulasidan «ko‘pdan-ko‘pga» formulasiga o‘tiladigan raqamli
iqtisodiyot platformalari ushbu jarayonning eng muhim bo‘lagi hisoblanadi. Ushbu
sohadagi siljishlar davlat ko‘magida kichik va o‘rta biznesga mos keladigan konsalting
va texnik tashkilotlarni rivojlantirish orqali, iqtisodiyotning real sektoridagi vaziyatni
avtomatik tarzda keskin o‘zgartiradi (va mazkur sohalarda tuzilmaviy islohotlarga turtki
beradi) va innovatsion iqtisodiyot uchun shart-sharoit yaratishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: