Umumiy tahlili
Muloqotchanlik darajasi ancha past (30 balldan 32 ballgacha) darajasini
izohlab turibdi. Bu tipdagi o‘smirlarning muloqotchanlik darajasi ancha pastligi
juda ham jiddiy muammo. Chunki bundan avvalo o‘zlari aziyat chekadilar. Biroq
bunday hollarni yaqinlariga ham oson tutib bo‘lmaydi. Eng asosiysi hamkorlikdagi
faoliyatni talab qiluvchi ishlarni ularga ishonib toshpirib bo‘lmaydi. Bunday
o‘smirlarda muloqotchanroq bo‘lishga, o‘zlarini boshqarishga harakat qilishlariga
ko‘maklashish lozim.
Yolg’izlanishni yaxshi ko‘rish (25 balldan 29 ballgacha) darajasini izohlab
turibdi. Mazkur tipdagi o‘smirlar yolg’izlanishni yaxshi ko‘radilar, shuning uchun
ham ularning do‘stlari kam. Notanish odamlar bilan tanishish, notanish joylarga
borish zarurati ularning halovatini buzadi. Bu xususiyatlarini o‘zlari ham biladi va
o‘z-o‘zidan norozi bo‘ladi. Lekin faqat norozilik bilan cheklanmasdan —
xarakterni ham o‘zgartirishga erishishlari o‘zlarining qo‘lida ekanliklarini
tushuntirishshart. Eslatib ko‘ring: birorta ishga qiziqib ketganlarida ancha
muloqotchang bo‘lib qolgan-ku!
Ma’lum darajada muloqotchanlik (19 balldan 24 ballgacha) darajasini
izohlab turibdi. Bu tipdagi o‘smirlarga xos bo‘lgan xususiyatlar deb quyidagilarni
izohlashimiz mumkin: ma’lum darajada muloqotchan va notanish vaziyatda o‘zini
yo‘qotib qo‘ymaydi, yangi muammolar esa ularni qo‘rqitmaydi, ammo
notanishshaxslar bilan muloqot qilishda ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshadi va
bahs - munozaralarga bajonidil qo‘shilmaydilar. Ba’zida gaplarida asossiz kinoya -
82
kesatiq so‘zlar ko‘payib ketishi mumkinligini inobatga olgan holda munosabatga
kirishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yetarlicha muloqotchanlik (14 balldan 18 ballgacha) darajasini izohlab
turibdi. Bunday o‘smirlar yetarlicha muloqotchan, qiziquvchan, suhbatdoshi qiziq
narsalar haqida gapirganda, uni diqqat bilan tinglaydi. Muloqotda ancha sabrli, o‘z
nuqtai nazarini hissiyotga berilmay himoya qila oladi. Notanish odamlar bilan
suhbatlashishga to‘g‘ri kelganida, bezovta bo‘lmaydi, ayni paytda shovqin-suronli
davralarni yoqtirmaydi, birovning bachkana qiliqlari va ko‘p gapirishi
boshqalarning g‘ashiga tegishi mumkin.
Muloqotchanlik, ba’zida me’yoridan ortiq (9 balldan 13 ballgacha) darajada
deb topildi. Bunday vaziyatda o‘smir juda muloqotchan (ba’zida me’yoridan ortiq),
qiziquvchan, gapdon,har xil masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishni yaxshi
ko‘radigan, bu esa ba’zida atrofdagilarni g‘ashiga tegishi ham mumkin. Notanish
odamlar bilan bajonidil tanishadilar va odamlarning diqqat markazida bo‘lishni
yoqtirishadi. Hechkimningiltimosiniyerda qoldirmaydi,lekin berilgan hamma
va’dalarni ham bajara olmasligi mumkin.Ba’zida jaxl ustida qattiq gapirib
yuboradilar, biroq tezda jahlidan tushadi.Jiddiy muammolar bilan to‘qnash
kelganlarida ularda sabr- toqat yetishmaydi, ammo xohlasa hech qanday muammo
oldida taslim bo‘lmasliklari mumkin.
Muloqotchanlik, juda me’yoridan ortiq (4 balldan 8 ballgacha) darajasini
izohlab turibdi. Ushbu tipdagi o‘smirlarda muloqotchanlik me’yoridan ortiq
bo‘lganligi uchun gaplari ichiga sig‘maydi. Har xil bahs-munozara, tortishuvlarda
qatnashishni xushko‘radilar lekin jiddiy mavzular ularni zeriktirib qo‘yishi
mumkin. Biror masala bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lmasa ham, ushbu masala
yuzasidan so‘zga chiqishga tayyordirlar. Hamma joyda o‘zlarini erkin his etishlari
har qanday ishga kirishib ketaverishlari hamma har doim ham uni oxirigacha
yetkazmasliklari oqibatida yon-atrofdagilar unga biroz xavotir va shubha bilan
83
qaraydilar. O‘smirlarning bu kabi negativ xususiyatlarini bartaraf etishlari
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Me’yoridan ortiq muloqotchanlik (3 va undan kam ball) darajasi aniqlandi.
Ushbu o‘smirlarning muloqotchanlik darajasi me’yordan ortiq. Juda sergap,
o‘zlariga aloqasi bo‘lmagan ishlarga aralashaveradi, hal etishga qurbi yetmaydigan
muammolarni bartaraf etishga kirishaveradi, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda har
xil nizolarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qoladi. Ancha xafalanuvchan,
jazavaga moyil bo‘lganligi uchun ularning zimmasiga jiddiy ishlarni yuklab
bo‘lmaydi. Bunday o‘smirlarga xarakterini o‘zgartirish ustida ishlashlari tavsiya
etiladi. Avvalo, sabr-toqatni, vazminlik va bosiqlikni tarbiyalash, boshqalarga
hurmat ko‘zi bilan qarashni o‘rganish, eng muhimi o‘z sog‘lig‘i haqida
qayg‘urishga harakat qilinmas ekan, bunday hayot tarzining oqibatlari jiddiy
bo‘lishi mumkin.
. “Yolg’izlikni subyektiv his qilishni o‘rganish metodikasi” tahlili
“Yolg’izlikni subyektiv his qilishni o‘rganish metodikasi” (Yolg’izlikni
o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi). Bu metodikani o‘tkazishdan oldin
biz sinaluvchilarga quyidagicha yo‘riqnoma beradik: “Quyida berilgan holatlarni
qanchalik tez – tez his etishingizni ko‘rsating. Buning uchun “hech qachon”,
“kamdan - kam”, “ba’zida”, “tez - tez”, javoblarida biriga to‘g‘ri keluvchi ballni
doira ichiga olib qo‘ying”. (1- ilova)
Shkalaning umumiy bali barcha fikrlarga bildirlgan javoblar uchun
to‘plangan ballar qo‘shib chiqishyo‘li bilan aniqlanadi. Yolg’izlikning maksimal
ko‘rsatkichi 80 ball.
1-daraja – yolg’izlik hissining yuqori darajasi, omillarning kamida bittasi
bo‘yicha yolg’izlik hissining o‘ta kuchayib ketganligi ( 54 – 80 ball),
84
2-daraja – yolg’izlik hissining o‘rta darajasi, individ ijtimoiy – psixologik
aloqalarining kamligini kompensatsiyalashga va yolg’izlik hissini susaytirishga
qodirligi ( 28 – 53 ball),
3-daraja–yolg’izlik hissining past darajasi, og‘ir yolg’izlik hissining yo‘qligi
( 0 – 27 ball).
Natijalar sifat jihatidan tahlil qilinganda, atrofdagilar bilan psixologik
aloqalar darajasiga e’tibor berishkerak. “Yolg’izlik shkalasidan” kelib chiqib ushbu
aloqaning uch o‘lchamini baholash mumkin:
1. “Yaxshi ko‘rishadi” – emotsional komponent.
2. “Tushunishadi” – kognitiv komponent.
3. “Qabul qilishadi” – ijtimoiy komponent.
Har bir o‘lchamga mos keluvchi savollar miqdori va ballar yig‘indisi teng
emasligini hisobga olib, natijalar xolisligini ta’minlash maqsadida barcha
o‘lchamlar uchun o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblab topishkerak.
Uchinchi o‘lcham bo‘yicha ballarning yuqoriligi “tashqi” psixologik
aloqalar o‘ziga xosligini belgilaydi va tashqi begonalashuvning mavjudligini
aniqlash imkonini beradi.
Birinchi va ikkinchi o‘lcham bo‘yicha ballarning yuqoriligi “ichki”
psixologik aloqalar o‘ziga xosligini belgilaydi va ichki begonalashuvning
mavjudligini aniqlash imkonini beradi.
Yolg’izlikni o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotlar, ushbu shkala natijalari va quyidagi ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi korrelyatsiya yuqori ekanini ko‘rsatadi: shaxsga oid va o‘z – o‘zini
baholash bilan bog‘liq xavotirlik, ajralib qolish va autism, depressiya,
begonalashganlik va umidsizlik hislarining keskinlashgani.
Dostları ilə paylaş: |