104
III bob bo‘yicha xulosa
Ushbu bob yuzasidan xulosaga keladigan bo‘lsak,
mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchilarida o‘tkazilgan tadqiqotimiz natjalari shuni ko‘rsatdiki,
o‘smirlarning ayrimlarida yakdil, muqarrar fikr yo‘qligi ,ba’zilarida esa
muloqotcnlik meyoridan ortiqligi kuzatildi. Agar bu yerdagi bolalar bilan
muntazam ravishda faol ijtimoiy munosabatlarga ,oilaviy an’analar,udumlar
,etnopedagogik-psixologik bilimlar berib borilsa, o‘quvchilarning
dunyoqarashlari
o‘sib, o‘zi mustaqil fikrlariga ega shaxs sifatida shakllana boradi. Ularning oila
bolalari birga o’qishlari, ular orasidan do’st-dugona orttirganliklari sezilarli ijobiy
o’zgarishlar,ayniqsa jamiatga faol moslashuv jarayonini tezlatishga va oson
o’zlashtirishga xizmat qilmoqda.
O’tazilgan tadqiqotlarda shu narsa ma’lum bo’ldiki,muloqatga
kirishuvchanlikda temperament xususiyatlari muhim rol o’ynadi.Qolaversa bunda
maktab pedagogik jamoasining ham faoliyatini ham baholash mumkin.
105
Xulosa
Mamlakatimizda o‘ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlarning tub negizida eng avvalo har bir
insonning
qadr-qimmati, aql-zakovati, ma’naviy salohiyati va o‘ziga xos ijtimoiy
psixologik taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillar yotadi.
Shunday ekan, mehribonlik uyidagi bolalar ham tushkunlikka tushmasdan,
o‘zlarining farovon hayotini ko‘rishi uchun aqllarini tanib boshlagan kundan
harakat qila borishlari kerak. Bunda ularda birmuncha qiyichiliklar tug‘ilishi tabiiy.
Bu
qiyinchiliklarni osonroq, bartaraf etishda ularga o‘z mehrlarini ayamasdan
tortiq etayotgan tarbiyachi va murabbiylari, shuningdek, o‘sha yerda faoliyat
ko‘rsatayotgan pedagog, psixologlar ko‘maklashadilar
va bu ular zimmasiga katta
ma’suliyat yuklaydi.
O‘smirning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari,
o‘quv jamoasi, ta’lim jarayoni qo‘yadigan talablar darajasining oshishi bilan u
erishgan psixik kamolot o‘rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-
qarshiliklar, ziddiyatlar o‘smirning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez o‘sishi
orqali bartaraf qilinadi.
Mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim
maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama
barkamol insonlar qilib
tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jixatdan yetuk, o‘z
vataning tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg‘uradigan, shuningdek jamiyatning
iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z xisasini qo‘shish ishtyoqida yonib yashaydigan shaxsni
tushinish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushungaga taxliliy
yondashilsa, uning naqadar serqirra, murakkab va xar tomonlama umuminsoniy
qadiryatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
106
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur mavzu orqali muloqotning ijtimoiylashuv
jarayonidagi ahamiyati, ta’sir vositasi sifatida vazifalari, shaxs taraqiyotida tutgan
o‘rni,
uning turlari, shakllari, bosqichlari, psixologik tuzilishga oid ma’lumotlar,
bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi. Shu bilan birga, fikrimizga yuqorida
bayon etilgan ishlar samarasini yanada oshirish uchun bolalarni jamiyatga faol
moslashishlari sohasida yana bir qator ishlar qilinishi zarur deb hisoblaymiz.
Jumladan:
mehribonlik uylarida faoliyat olib borayotgan pedagog,tarbiyachi va
psixologlarning ish faoliyatlarini
doimiy nazoratga olish, ularning kasbiy
malakalarini muntazam ravishda oshirib borish
mehribonlik uyi hodimlarini psixologik bilimdonliklarini oshirish;
mehribonlik uyi o’quvchilarini ijtimoiylashuv va muloqatchanlik
ko’nikmalarini oshirishda ularning individual tipologik xususiyatlarini inobatga
olish;
mehribolik
uylaarida tarbiyachi ona, xola vazifasi qatoriga tarbiyachi
tog’a,amakilarni ham kiritish;
Dostları ilə paylaş: