O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Xulosa 
Raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida quyidagi 
tadbirlar amalga oshiriladi: 

optik tolali aloqa liniyalari, xalqaro kommutatsiya markazlarini 
modernizatsiya qilish va rivojlantirish orqali mintaqaviy va xalqaro 
telekommunikatsiya tarmoqlarining, OʻzRning chegaradosh Markaziy 
Osiyo davlatlari bilan tranzit aloqalarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 
kengaytirib borish; 

taqdim etilayotgan xizmatlar hajmini oshirish, rezervlash, 
tizimlarning ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, aholi punktlari va 
ijtimoiy obyektlarni keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati 
bilan ta’minlash uchun ma’lumotlar uzatish tarmogʻini kengaytirish; 

mobil va yoʻldosh aloqa operatorlarining investitsion faolligini 
ragʻbatlantirishning qoʻshimcha mexanizmlarini yaratish; 

mobil aloqa tarmogʻini 4G va 5G texnologiyasi boʻyicha 
rivojlantirish, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha 
viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmogʻi bilan bosqichma-
bosqich qamrab olish; 

barcha aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni optik va mobil 
keng polosali xizmatlardan foydalanish tarmoqlari bilan qamrab olish 

avtomagistral va temir yoʻllari, turistik obyektlarni mobil aloqa 
tarmoqlari bilan qoplashni ta’minlash; 

Internet 
jahon 
axborot 
tarmogʻiga 
ulanish 
tariflarini 
takomillashtirish va optimallashtirish; 


100 

geografik joylashuvidan qat’iy nazar, fuqarolarning oʻsib 
borayotgan axborotga ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali 
simsiz va mobil texnologiyalarni yanada rivojlantirish; 

iste’molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion 
eshittirish, kabel televideniyesi, IP-televideniye, ma’lumotlar uzatish 
tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan foydalangan holda 
teleradioeshittirish, televizion va radio xizmatlarining barcha turlarini 
toʻliq qamrab olgan holda raqamli eshittirishni takomillashtirish; 

“bulutli” hisoblashlar asosida ma’lumotlarni saqlash va qayta 
ishlash markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq, 
Oʻzbekiston Respublikasining axborot resurslariga doimiy ulanishni 
ta’minlash; 

bozorning 
erkin 
rivojlanishi 
imkoniyatini 
saqlab, 
telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash, 
biznes yuritish va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun 
ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish; 

elektron hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan 
foydalanish uchun barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy 
boʻlinmalarini idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmogʻiga ulagan holda 
ushbu tarmoqni rivojlantirish; 

mamlakatimiz hududida davlat organlari, jismoniy va yuridik 
shaxslar uchun axborotni saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron 
davlat xizmatlarining foydalanuvchanligini ta’minlash mexanizmlarini 
takomillashtirish; 

davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat 
xizmatlarini koʻrsatish doirasida “xizmat sifatida dasturiy ta’minot”, 
“xizmat 
sifatida 
platforma”, 
“xizmat 
sifatida 
infratuzilma” 
texnologiyalarini keng joriy etish; 

shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli texnologiyalarni 
joriy etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar 
muhitining sifati, shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat, 
biznes va yashash joylari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun 
“aqlli” va “xavfsiz” shahar loyihalarini izchil amalga oshirish; 

keng polosali ulanishni rivojlantirishning texnologik asosi 
iste’molchilarga asosiy va qoʻshimcha xizmatlarni, shu jumladan 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish xizmatlarini, aholining hayotini 


101 
qoʻllab-quvvatlashda aqlli tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida 
individual infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bosqichma-bosqich 
kirishni ta’minlash uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis 
tarmoqlarini rivojlantirish; 

mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va simsiz aloqa 
texnologiyalari va tizimlari, shuningdek, yangi geografik axborot va 
navigatsiya tizimlarining samaradorligini oshirish yoʻllarini oʻz ichiga 
olgan aloqa va navigatsiya texnologiyalarini rivojlantirish; 

aloqa operatorlari oʻrtasida raqobatni rivojlantirish uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratish. 
Shunday qilib, «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» Strategiyasi 
Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion faoliyatining muhim yoʻnalishi 
boʻlib, uning asosiy maqsadi nafaqat yuqori rivojlanishga erishish, balki 
dunyoning rivojlangan davlatlari bilan integratsiya va oʻzaro aloqada 
boʻlishdir. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin