O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


«Renessans» tushunchasi fransuz tilidagi Renaissance so ‘zidan olingan b o‘lib



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 «Renessans» tushunchasi fransuz tilidagi Renaissance so ‘zidan olingan b o‘lib,
uyg‘onish, jonlanish, qayta tiklanish degan m a’noni anglatadi.
2 Qarang: История философии в кратком изложении. Перевод с чешского
И.И.Богоута. М ., 1991, 574-bet.
3 Qarang: Ф илософский энциклопедический словарь. М ., 1999, 393-bet.
65


tayana boshladi. Ilm va fanning buyuk, qudratli qadriyatlarini 
ulug‘ladi va boyitdi. Oqibatda, Renessans davrida Yevropaning 
rivojlangan mamlakatlarida inqilobiy madaniy o‘zgarishlar ro‘y 
berdi. Chunonchi, birinchi kitob nashr etildi; Kolumb to ­
monidan Amerika kashf etildi; Vasko da Gama Afrikani 
aylanib o‘tib, Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochdi; 
Magellan o ‘zining uzoq davom etgan sayohatiga asoslanib, 
Yer kurrasining sharsim on ekanligini isbotladi; geografiya va 
kartografiya fan sifatida e ’tiro f etildi; matematikaga simvolik 
belgilar qabul qilindi; ilmiy anatomiya va fiziologiya asos- 
larini fan sifatida o ‘rganish boshlandi; ximiya va astronom i- 
yada yirik yutuqlarga erishildi.
Renessans Yevropa tarixining shunday bir davriki, bu davrga 
kelib xristian dini o‘zining monolit mavqeini yo‘qota boshladi. 
Aniqroq qilib aytganimizda, ijtimoiy turmushning barcha jabha- 
larida din va cherkovning diktaturasi sindirildi. Bunday keskin 
burilish faqat falsafada, san’atda yoki adabiyotda emas, eng 
avvalo, xristian dinining o‘z qobig‘ida ro‘y berdi. Boshqacha 
aytganimizda, Yevropaning bir qator mamlakatlarida sekulya- 
rizatsiya1 jarayoni boshlandi. Sekulyarizatsiya (din, cherkov 
ta ’siridan xoli bo‘lish) jarayonining sodir bo‘lishi kishilar 
dunyoqarashida xristian dinining ta ’sirini kamaytirib yubordi. 
Shuningdek, sekulyarizatsiya jarayoni ijtimoiy turmushning bar­
cha jabhalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Oqibatda, kishilarning, 
fikrlash madaniyatida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Turgan gapki, fikrlash m adaniyatidagi bunday keskin 
o‘zgarishlar, o‘rta asr teokratizmiga qarshi kurash zaminida vu­
judga keldi va rivojlana boshladi. Ijtimoiy muhitda sodir bolayotgan 
o‘zgarishlarga insonning intellektual-aqliy imkoniyatlari nuqtayi 
nazaridan qarash, insonning baxtliligi yoki baxtsizligining sabab- 
larini osmondagi ilohiy mo‘jizadan emas, u yashayotgan ijti­
moiy muhitdan izlash holatlari ro‘y bera boshladi.
Kishilar fikrlash madaniyatida gumanistik va antropotsentrik 
qarashlaming ustuvorlik qilishi ularning qadimgi Yevropa madaniy 
merosiga bo‘lgan qiziqishlarini orttirib yubordi. Bunday tenden- 
siyaning rivojlanib borishi o‘z navbatida qadimgi zamon Yunon 
falsafasi namoyandalarining asarlarini o‘rganishga bo‘lgan inti-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin