272
moliyaviy risklarni hisobga olgan holda talablar va majburiyatlarni boshqarish,
rejalashtirishni samarali vositasi hamda xodimlarni rag‗batlantirish tizimining asosi
ham hisoblanadi. Byudjet korxonaning maksimal
moliyaviy barqarorlik va
moliyaviy samaradorlikka erishishi uchun shakllantiriladi va uning asosida taktik
hamda strategik qarorlar qabul qilinadi.
Byudjetlashtirish korxona boshqaruvining
eng murakkab va muhim
funksiyalaridan biri hisoblanadi. Byudjetlashtirish keng ma'noda kelajak voqealar
bilan bog‗liq bo‗lgan boshqaruv qarorlarini tizimli tayyorlashni anglatadi. Bu
yerda gap maqsadlarni tizimli belgilash va ularga erishish uchun tegishli tadbirlarni
amalga oshirish haqida ketmoqda.
Moliyaviy mas'uliyat markazlarining byudjeti – reja bo‗lib,
unda maqsad,
bajarish bo‗yicha topshiriqlar, uni bajarish bilan bog‗liq xarajatlar (to‗g‗ri va
ustama)ning barcha turlari va mablag‗lar jalb qilish bo‗yicha topshiriq, olinadigan
foyda (yalpi,
operasion, balans va sof)ning miqdori va me'yori bo‗yicha
topshiriqlar belgilab beriladi.
Har qanday xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy, tashkiliy (huquqiy)
va xo‗jalik (mahsulot yoki mintaqa bo‗yicha) munosabati nuqtai nazaridan faoliyat
turi(biznes)ga ega va mustaqil bo‗lgan, daromad va xarajatlarini nazorat qilish
(ta'sir qilish) imkoniyatiga qodir bo‗lgan rahbari tezkor masalalarda qarorlar qabul
qilish huquqiga ega hamda ularning bajarilishini moliyaviy natijalari bo‗yicha
javobgar bo‗lgan tarkibiy bo‗linmasi moliyaviy mas'uliyat markazlariga ajratilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: