184
6– BOB BO’YICHA XULOSALAR.
✓
Ushbu bobda xususiy hosilali diffеrеnsial tеnglamalar, ularning amaliy
tadbiqlari, diffеrеnsial tеnglamani tiplarga ajratish, turli xil tipdagi diffеrеnsial
tеnglamalar uchun bеriladigan boshlang’ich va chеgaraviy shartlar haqida zarur
ma`lumotlar bеrildi.
✓
Dirixlе
masalasi, Nеyman masalasi, aralash masala, oshkor va oshkormas
sxеmalarning umumiy tavsifi kеltirildi.
✓
MathCAD dasturida parabolik va gipеrbolik tipdagi tеnglamalarni oshkor va
oshkormas sxеmalar yordamida hamda elliptik tipdagi tеnglamalarni to’r usulida
yechish uchun hisoblash algoritmlariga mos
dasturlar paketlari yaratildi, aniq
masalalar uchun dasturlar ishlatildi va olingan natijalar tahlil etildi.
✓
Xususiy hosilali diffеrеnsial tеnglamalarni yechishda MathCADning standart
funksiyalaridan foydalanildi, olingan natijalar jadvallar va grafik ko’rinishlarda
keltirildi va tahlil etildi.
185
7–BOB. MATLAB HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
MATLAB dasturi - kompyutеrda turli yo’nalishdagi mexanika,
matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik,
energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash,
tavsiflash va tahlil
qilish masalalarining aniq, tеz, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sistеma va turli
xil sohali foydalanuvchilarga mo’ljallangan dasturlash tilidir.
MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive B.Mouler) va
MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati bilan bog’liq. Bir
necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika
kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini
MathWorks firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u,
Fortran tizimida matritsali
hisoblashlar va chiziqli algabra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida
qatnashgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan. “MATLAB” so’zi
inglizcha “Matrix Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir.
MATLAB tizimi XX asrning 70-yillarida katta EHMlarda foydalanish uchun
Moler (C.B.Moler) tomonidan ishlab chiqildi. 80-yillarning boshlarida Djon Litl
(John Little) o’zining Math Works, Inс. firmasida IBM PC, VAX va Macintosh tipli
shaxsiy kompyuterlar uchun bu tizimni modernizatsiya qildi. MATLAB turli fan va
texnika muammolari masalalarini yechishda boshqa shunga o’xshash tizimlarga
nisbatan yuqori saviyadagi tizim deb tan olindi. Modellashtirish vositasi sifatida ham
kuchli vosita hisoblanadi.
Dastlab, MATLAB paketi matritsali hisoblashlar,
dasturlar kutubxonasi uchun
qulay qobiq sifatida qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik yuzlab yuqori malakali
matematiklar va injener-texnik dasturchilar tajribasida, o’ziga xos laboratoriya
sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy
dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi tizimlarining ilg’or
vakillaridan biriga
aylandi.
186
MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol rejimda
ishlaydi. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib,
hisoblash jarayonlarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi
tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish,
loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari,
MATLAB dasturiy
tizimi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir qancha dasturlarga
bevosita bog’lash orqali shu dasturlarda ishchi varag’ida MATLABda mavjud
buyruqlardan “jonli” ravishda foydalanish mimkin. Masalan Microsoft Office
Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish orqali undagi ishlarni osonlashtirish
mumkin. Microsoft Office Wordda(Word+Notebook)
esa MATLAB tizimi
buyruqlaridan foydalanib, “jonli” elektron darsliklar, darsliklar, prezentatsiyalar va
turli ko’rinishdagi “jonli” elektron hujjatlar yaratish imkoniyatlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: