Majnunning firoq chohida tanur ichidagi otd e k tobi
va hajr bandida tuzoqqa tushgan qushdek iztirobi
va hakim fusunidin jununining tug'yoni
va tabib parhezidin isitmasining g ‘alayoni
va o ‘z zahrkomlig‘ig‘a to'kkan talx-talx sho robasi
va bu sho‘robadin komida achchig'-achchig1 xunobasi
va ko‘ngli o tidin temur bandi suv bo‘lg ‘oni
va suvdek sahro azmi qilib
ashki suyidin vodiylar to‘lg ‘oni.
Muallif uchun sarlavha shunchaki bob nomi yo unda-
gi asosiy voqealar haqida muxtasar ma’lumot - «anons»
300
www.ziyouz.com kutubxonasi
emas, yo‘q, uning asosiy vazifasi o‘quvchini bobda tas-
virlanajak voqealar ruhiga olib kirish, bobning mohiyatiga
yo‘g‘rilgan ohangini his etishiga ko'maklashishdan iborat.
Ya’ni sarlavha o‘quvchini emotsional jihatdan sozlaydi,
uning ritmi asosida yuzaga keluvchi ohang esa bobning
asosiy matni ritmiga hamohang bo‘lgani uchun go‘yo
0
‘quvchi qalb torlarini sozlashga xizmat qiladi. Tamsil
qilsak, bu jihati bilan saj’li sarlavha musiqadagi
prelyudi-
yaga
monand. Opera yoki katta simfoniyaga kirish qismi
bolmish prelyudiya ham tinglovchini asarni qabul qilish-
ga emotsional jihatdan tayyorlaydi, uning asosiy motivlari
haqida ilk tasavvurni hosil qiladi. Agar maqomda
sarax-
bor
bajaruvchi funksiya ham mohiyatan shunga yaqinligi
yodga olinsa, mumtoz adabiyotimiz bilan mumtoz musiqa
san’atining aloqalari nechog'lik mustahkam ekaniga yana
bir bor amin bolish mumkin. Bu esa mumtoz adabiyot-
ni, ayniqsa, undagi ritm masalalarini o'rganishda mumtoz
musiqa xususiyatlarini nazarda tutish zarurligini ko‘rsa-
tadi. *
Aslida, sajning adabiyotimizdagi benazir namunasi sifa-
tida eng avval Hazrat Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asa-
ri ko'rsatilishi kerak edi, biroq nazariy ta’riflarni izohlash
zarurati bilan ushbu tartibni buzishga to‘g‘ri keldi. Asarni
mutolaa qilarkan, ulug‘ mutafakkirning qofiyali, fikr oqimi-
yu mazmun-mohiyatiga muvofiq marom - ritmda bayon
qilingan teran fikrlari hech bir to'siqsiz o'quvchi shuuriga
singib, xotirasiga muhrlanib qoladi. Nega shunday? Bu
savolga javob topmoq uchun, masalan, podshoh va rai-
yatni boglovchi ko‘zga ko'rinmas rishtalarxususidagi quyi-
dagi parchani ko‘rib o‘tamiz:
Shohg‘a har kimki mulozim va tobe’ bo‘lg‘ay,
ishi va tavri shoh ishig'a mushobih voqe’ bo'lg'ay.
Agar shohg'a adolat shior,
ulusi shiorida ham adolatdin osor.
301
www.ziyouz.com kutubxonasi
Agar zulmpesha -
elida ham zulmidin andesha.
Agar ul islomoyin,
xalq shiori ham islom bila din.
Agar ul kufrxisol -
elga dog‘i kufr tariqi afol.
Ilk juftlikdagi kolonlar keyingilaridan uzunligi bilan yaq-
qol ajralib turibdi: birinchisi 13, ikkinchisi 16 bo‘g‘indan
tarkib topgan. Bu esa teran falsafiy fikrlar ifodasiga mos
vazmin, salobatli ritmni yuzaga keltiradi. Keyingi juftliklar
sintaktik parallelizm usulida qurilgan, oxirgi uchtasining
kolonlari esa taqriban teng (6-10, 7-10, 6-10); har bir juftlik
kolonlari o‘zaro qofiyalangan. Bu juftliklardagi kolonlarning
birinchisi shartni atasa, ikkinchisi qat’iy tarzda shuning
natijasiga oid hukmni ifodalaydi. Ularning birinchi kolon
lari «agar» bilan boshlangani shartni ta’kidlasa, ergash va
bosh gaplardagi bog'lamalar («bo'lsa» - «bolur») tushirib
qoldirilgani qat’iy hukm ohangini keltirib chiqaradi. Xulias,
nutq ayni shu tarz qurilgani uchun ham o‘ziga xos ohang
tug'iladi, shu ohangga yo‘g‘rilgan fikr-g‘oya o'quvchi qal-
bi-yu ongiga kirib boradi, beixtiyor uning botinida aks sado
bera boshlaydi.
Mumtoz adabiyotimizda, badiiy nutq sifatida asosan
nazm e’tirof etilgan bir sharoitda, nasriy asarlar nutqining
ham ko'proq she’rga tortib ketgan bo'lishi tabiiy hoi, albat-
ta. XXasr boshiariga kelib, birtomondan, poetiktilning jon-
li so'zlashuv tiliga yaqinlashuvi, ikkinchi tomondan, yangi
tipdagi nasrchilikning shakllana boshlashi bilan bogliq hol-
da nasr badiiy nutqning teng huquqli ko'rinishi sifatida tan
olina boshladi. Tabiiyki, nasriy nutqdan yangilanish - yan
gi davrning, shakllanayotgan yangi prozaning talab-eh-
tiyojlariga moslashish taqozo etildi. Ayni shu sharoitda
xalq og'zaki ijodi va mumtoz nasrimizdagi yutuqlar bilan
302
www.ziyouz.com kutubxonasi
so'zlashuv nutqiga xos jonlilikni uyg'unlashtirgan nasriy
nutq shakilana boshladi. Albatta, bu jarayonda ko'pchilik
- publitsistik maqolalari bilan davriy nashrlarda qatnashib
turgan ziyolilarimiz, ilk «milliy ro'mon», «feleto'n», «hayo-
tiy hikoya», badiiy-publitsisíik etyudlar, sayohatnomaSar-u
«teatru kitoblari» mualliflarining ulkan xizmatlari borligi
shubhasiz. Ayni chog'da, bu boradagi ijodiy izlanishlarning
natijalari, ya’ni badiiy nasr nutqidagi yangilanishlar ilk bor
« 0 ‘tkan kunlar» romanida to'laqonli bo‘y ko'rsatdi desak
ham adashmagan bolamiz.
Mazkuryangilanish romanning ilkjumialaridayoq ko'zga
tashlanadi:
Bir ming ikki yuz oltmish to'rtinchi hijriy, /
dalv oyining o‘n yettinchisi, /
qishki kunlarning biri, /
quyosh botqan, /
tevarakdan shorn azoni eshitiladir... //
Avvalo, bu jumla leksik tarkibi nuqtayi nazaridan ham,
qurilishiga ko'ra ham jonli so'zlashuv tiliga yaqin ekan-
ligini ta’kidlash joiz: unda na mumtoz poetik nutqqa xos
tashbeh-u istioralar, na turg‘un epitetlar, na arabiy-u forsiy
izofalar bor. Jumlaning ritmik qurilishi ham vazmin-saio-
batli epik hikoyalashga mos - uzoq cho'ziladigan hikoyani
so'zlab berishga choglangan odamning xotirjam joyla-
shib olib, shoshilmasdan salmoqlab gap boshlayotganiga
monand ohangni hosil qiladi. Ko‘rib turganimizdek, bunda-
gi dastlabki to‘rtta kolon uzunligi izchil qisqarib ( 1 2 - 9 - 7
- 4 ...) va shunga mos ravishda
Dostları ilə paylaş: |