Lirik asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos
xususiyatlarni ma’lum darajada o‘zida namoyon etadi.
Jumladan, lirik asarda voqelikka oid tafsilotlar (epik ele
ment) juda kam bo'lib, ular kechinmani ifodalash,
uni yu-
zaga keitirgan, harakatlantirayoigan omillarni ko'rsatish-
ga yetarli miqdordagina olinadi. Ya’ni bu o‘rinda asosiy
me’yor - fragment tarzida olingan epik elementlarning
lirik qahramon hol-kayfiyatini tasavvur qilish uchun yetar
li ekani. Shuningdek, lirik
asarda yana epik asarga xos
voqeabandlik, dramatik asarga xos dialoglar, o'ziga xos
«sahna» epizodini yaratish hollari ham uchraydi. Biroq
har ikki holda ham bu elementlar kechinmani tasvirlash
va ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni
lirik asar uchun vo-
qeani yoki «sahna»ni tasvirlash maqsad bo'lolmaydi, ular
vosita, xoios.
Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (u lirik sub-
yekt deb ham yuritiladi). Ko'pincha lirik qahramon degan-
da shoirning o‘zi tushuniladiki, bu u qadar to‘g‘ri emas.
Zero, shoir o'zining kechinmalarini tasvirlashi ham, go'yo
o'zganing ruhiga evrilgan holda «o'zga shaxs» kechin
malarini tasvirlashi ham mumkin bo‘ladi. Bu o'rinda yana
bir
muhim masaia shuki, she’rda hatto shoir o‘z kechin
malarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real
shoir orasiga tenglik alomati qo‘yib bo'lmaydi. Chunki, bi-
rinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo‘li-
shi mumkin barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir,
shunga ko‘ra, ikkinchidan, shoir o'zganing hol-kayfiyatiga
kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi
istalgan insonning
kechinmalarini bemalol his qilishi, ko'nglida kechirishi
mumkin. Masalan, Cho'lponning «Men va boshqalar»
she’rida kechinma lirik «men» tilidan berilgan bo‘lsa-da,
uning lirik qahramoni shoir emas, balki o'zbek qizining
umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahra
mon, epik asar
qahramonlaridan farqli olaroq, noplastik
obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi
383
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko‘ri-
nishi - shakl-shamoyili bilan gavdalanmaydi, mavhumligi-
cha qoladi. Aniqrog'i, o'quvchi o'zini uning o'rnida ko‘radi,
uning kechinmalariga turtki
bergan holatni his qiladi, u
ko'nglidan kechirayotgan kechinmalarni o‘z ko'nglida ham
kechiradi. Misol tariqasida quyidagi she’rni shu jihatdan
ko'rib o'tishimiz mumkin:
Ko'ksimga qo'yilgan bu boshni endi
Gohida ko‘z qiyib, g oh ida qiymay
Va buning ustiga seni unutolmay
Yashash axir menga ko‘p qiyin.
«Bora-bora sevib ketarman
Dostları ilə paylaş: