Ayon bolyaptiki, u yoki bu personajning asar (sistema)
dagi joyiashuvi, maqomi, boshqa personajlar bilan muno-
sabatlari unga yuklanayotgan badiiy-estetik funksiyalar
bilan, yana ham aniqrog'i, yozuvchining g'oyaviy-badiiy
niyati, ifodalash ko‘zda tutilgan
mazmun bilan bevosi-
ta bog‘liq ekan. Demak, asar personajlar sistemasida u
yoki bu personaj tabiiy ravishda, ya’ni hikoya qilinayot-
gan voqealarda ishtirok etayotgani uchungina o‘z-o‘zidan
o'rinlashib qolavermaydi. Aksincha, personajlar sistemasi
muayyan reja (badiiy niyat)ga muvofiq ravishda «quriladi»,
shuning uchun ham u epik asar kompozitsiyasining muhim
komponentiga aylanadi.
Ma’lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealar ma-
kon
va zamonda kechadi, shunga ko'ra, adabiyotshunos-
likda «badiiy vaqt» tushunchasi keng qollanadi. Avvalo,
badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish
vaqti bilan ularni hikoya qilish vaqtini farqlash kerak.
Asardagi voqealarning yuz berish vaqtini «syujet vaqti»,
ularning hikoya qilinish vaqtini esa «kompozitsiya vaqti»
deb olinsa, u holda bu ikkisining har vaqt ham bir-biriga
mos kelmasligini ko‘rish qiyin emas. Chunki asar ustida
ishlayotgan yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish yo‘lida
«badiiy vaqt» imkoniyatlaridan turli yo‘sinlarda foydalani-
shi mumkin. Deylik, u zaruro‘rinda asar vaqtidan chekinib,
o‘tmishda yuz bergan voqealarni tasvirlashi («retrospektiv
vaqt») mumkin. Avvalgi bobda « 0 ‘tkan kunlar»
misolida
voqeaning haqiqatda yuz berish tartibini syujetda o‘zgar-
tirib berishning estetik samarasini ko‘rib o‘tdik. Retrospek-
siya deb ataluvchi bu usulning mohiyati shuki, unda yozuv
chi syujet voqeaiarini, ya’ni faqat oldinga oquvchi vaqtni
go‘yo to'xtatib qo‘yadi-da, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeani
tasvirlashga o‘tadi. Agar A.Qodiriy mazkur usulni roman-
ning bittagina o'rnida qollagan bo‘lsa, ba’zi
asarlar borki,
ularning syujet qurilishida retrospeksiya yetakchi mavqe
egallab, asarning badiiy vaqtidagi va o'tmishdagi voqealar
189
www.ziyouz.com kutubxonasi
navbatma-navbat berib boriladi. Garchi syujetning alohida
turi sifatida tasnif etilmasa-da, ayrim adabiyotlarda u syujet
kompozitsiyasi nuqtayi nazaridan
Dostları ilə paylaş: