siya yetkazmayotganini anglash qiyin emas. Xo‘sh, nima
uchun bir xi! so‘z!ardan tarkib topgan ikki nutqiy bo’lakning
birini «badiiy» deymiz-u, ikkinchisini badiiylikdan mahrum
deb hisoblaymiz? Farq shundaki,
keyingi parchadagi gaplar-
ni eshitganimîzda biz o‘zga odam yeikazayotgan informatsi-
yani ham, o‘sha odamning ayni paytdagi his-tuyg‘ularini ham
tushuncha shaklida qabu! qilamiz. Aksincha, she’rning ilk
bandini o'qishni boshlashi bilanoq
0
‘quvchi diliga mahzun-
lik inadi, she’rning asosiy tematik obrazi - qishiog'idan o‘n
yillarayro yurgan, endi qishlog'ini kezingancha hayot haqi-
da mahzun o'ylarga cho‘mgan kishi kechinmalarini ko'ngli-
dan bir-bir kechira boshlaydi. 0 ‘quvchi o‘sha o‘t bosgan
yo‘llarni, ko'milib bo'lgan so'qmoqni ko‘radi, lirik qahramon
bilan birga yoki o'zini uning o'rniga qo'ygan holda o'sha
so'qmoqda kezinadi. Ya’ni u yangi bir olamda - til unsur-
lari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi.
Badiiy
reallik esa, bilasiz, voqelikning oddiygina aksi emas, balki
uning ijodkor qaibi-yu ongida qayta yaratilgan aksi - badiiy
obrazdir. Bu obrazda ijod onlarida shoir qalbida kechgan
his-tuyg‘ular-u o‘y-fikrlar ham, uni o‘sha holatga olib kirgan
voqelik parchalari ham til unsurlari vositasida uyg'un aks
etgan.
Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan
obraz badiiy nutqda moddiylashadiki, u yetkazayotgan in-
formatsiya
obrazli va hissiyotga yo‘g ‘rilgan
informatsiyadir.
Demak, badiiy nutqning belgilovchi xususiyatlari
obrazlilik
(tasviriylik) va
emotsionallik
ekan.
Tahlil qilganimiz ikkala misol badiiy nutqning obrazliligi
lirik asarlarga nisbatan epik asarlarda yorqinroq
namoyon
bo'lishini koïsatadi. Lirik asarlarda tasvirlanuvchi voqelik
parchalari lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vosita
(ya’ni unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur
fragmentlarigina qalamga olinadi) bo'lsa, epik asarlardagi
badiiy voqelik o‘z holicha ham estetik qimmat kasb etadi-
gan, to'laqonli, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham
epik asarlardagi ijodkor ko‘zi bilan ko'rilgan voqelik o‘quv-
243
www.ziyouz.com kutubxonasi
salqinini «his qiladi»,
choqqina hovli, kichkina sahn, sigir
sog‘ayotgan ayo! va sahnni supurib turgan qizga bir-bir
«nazar tashlaydi», shu asnoda tashqari eshikning «besa-
ranjom» ochilganini «eshitadi», bir qo'lida supurgi, bir qo‘li
tizzasida eshikka tikilgancha qotgan Zebini «ko'radi» va u
bilan birga «bir seskanib oladi».
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy
nutq obrazliligi go'zal tashbeh-u
istioralar yoxud boshqa
tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.)
ga boylik, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko‘tarinkilig-u jimjima-
dorlik kabi sifatlar bilan belgilanmasligini ham unutmaslik
lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy nutq
hali jonli so‘zlashuvga yaqinlashmagan
davriarda bel-
gilovchilik maqomida edi. Hozirgi adabiyotda esa bu xil
vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar ham
juda ko‘p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan
mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot»
she’ri ilk bandini olaylik:
Dostları ilə paylaş: