m a’nosi aktuallashadi.
Ya’ni badiiy nutq tarkibida so‘z
o'zining asliga - obrazli tabiatiga qaytadi, yana ham
to‘g‘rirog‘i, so'zning mazkur azaliy xususiyati badiiy nutq
tarkibida tolaqonli namoyon boladi.
Nominativ-tasviriy ma’nosi aktuallashgan so‘zlarning
semantik va grammatik boglanishi natijasida badiiy obraz
- konkret-hissiy idrok etish (ko'rish, eshitish va b.) mumkin
bolgan voqelik parchasi paydo boladi. Diqqat qilinsa, buni
istalgan
badiiy matnda, masalan, quyidagi she’riy parcha
misolida kuzatish mumkin:
Xona sovuq. Xontaxta uzra
Bo‘m-bo‘sh shisha. Unda oy aksi
Va burchakda turibdi muzlab
Oq bo‘zdagi g ‘a mg in qiz rasmi.
Keltirganimiz - X.Davron qalamiga mansub «San’at»
she’rining ilk bandi. Avvalo, bandni o‘qiganda tasavvurimiz-
da jonianuvchi obrazni tutib turgan tayanch so'zlarni ajra-
tib olish darkor: «xona», «xontaxta», «shisha», «burchak»,
«oy aksi» va «oq bo'zdagi qiz rasmi». She’rni o'qish jarayo-
nida sanalgan so‘z!ar (bundagi ikkita so‘z birikmasi ham
atash nuqtayi nazaridan so‘zga teng)ning
nominativ-tas-
viriy ma’nosi aktuallashadi: tasavvurimizda ayni so'zlar or-
tidagi narsalar navbatma-navbat aks etadi-da, pirovardida
tugal manzara jonlanadi. Shoirning musavvirona nigohi
«shishaga tushib turgan oy aksi»ni ko‘radi - rassom qaro
tunni bedor o'tkazayotganiga she’rda boshqa bironta isho-
ra yo‘q, biroq shuning o'ziyoq o'quvchiga san’atkor
ijodiy
tolg'oqda ekanini anglatadi. Xona burchagida turgan «oq
bo'zdagi g'amgin qiz rasmi» esa bu anglamni quvvatlay-
di. Zero, bu
0
‘rinda gap molbertdagi - hali butkul tugallan-
magan surat haqida bormoqda, ya’ni ijod jarayoni davom
etmoqda, ifoda imkonlari izlanmoqda. Matndagi «sovuq»,
«bo‘m-bo‘sh», «muzlab turmoq», «g'amgin» so‘zlari esa
256
www.ziyouz.com kutubxonasi
tasavvurdagi manzarani
birmuncha aniqlashiirsa ham,
ko'proq unga emotsional bo‘yoq berishga xizmat qiladi.
Avvalo, «sovuq» so‘zini faqat xona harorati ma’nosida
tushunmaslik kerak, she’rda u ijodkor xalqiga xos faqiro
na turmush ramziga aylanadi. Shunga o'xshash, «bo‘m-
bo‘sh» sifati ijodiy jarayondagi qalb qiynoqlariga ishora
qilsa, molbertdagi qizning «g‘amgin»!igi bunga yo‘qotish
iztiroblarini qorishtiradi. Xullas, ijod jarayoni kechayot-
ganini aks ettiruvchi obraz so‘zlarning nominativ-tasviriy
ma’nosi asosida yuzaga kelmoqda.
Boshqacha aytsak, bu
o'rinda yangi ma’no hosil qilingani yo‘q, so‘zlarning mavjud
ma’nosi «o‘stirilmoqda».
So‘zning tasvir imkoniyatlari juda keng, faqat ularning
ro‘yobga chiqish darajasi bevosita ijodkor mahoratiga,
aniqrog'i, undagi estetik nigohning nechoglik o'tkirligiga
bog'liq. Ya’ni olamni musavvirona nigoh bilan ko’rish iqti-
doriga ega shoir yo adibgina ko‘rganlarinî so‘z
vositasida
tasvirlashga imkon qidiradi, o‘z navbatida, uning ijodiy
izlanishlari so'zning tasvir imkoniyatlarini kengaytiradi.
Masalan, yozuvchi Isajon Sulton asariarini o'qiganda un
dagi iste’dodning ayni shu qirrasi yaqqol ko‘zga tashlana-
di. Bunga amin bolish uchun «Ozod»
romanidan olingan
quyidagi parchaga e’tibor qiling: «So‘qmoq o‘ydim-chuqur,
aravaning g'ildiragi o‘t-o‘lanlarni ezib-yanchib o‘tgan, iziga
yomg‘ir suvi to‘planib, sarg‘ish-qizg‘imtir tus oigan, shu
sath oynasida ham osmonning va ko‘!mak chetidagi tuproq
uyumining bir qismi aks etardi». Ko‘rib turibmizki, muallif
oyoq ostiga - ko'pda e’tibor
ham berilmaydigan narsalar-
ga bamisoli durbin orqali nigoh tashlaydi. Shu bois ham
parchani o‘qiganda yirik planda olingan kinolentani tomo-
sha qilayotgandek taassurot qoladi kishida. Bunga qanday
erishiladi? Yuqorida aytdikki, avval «ko‘ra olish» kerak,
shundan so‘nggina ko‘rilganni tasvirlash imkoniyatlari qidi-
riladi. So‘z bilan tasvirlash jarayonidagi eng muhim ikkita
nuqtani ta’kidlash lozim:
Dostları ilə paylaş: