Natyurmort chizmatasviri


BUYUMLARNING SHAKLI VA TUZILISHI, RASM



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

BUYUMLARNING SHAKLI VA TUZILISHI, RASM 
CHIZISHDA KETMA – KETLIK BOSQICHLARINI 
TASVIRLASH 
Atrofdagi barcha ko‘rganlarimiz qandaydir shaklga ega. Masalan, 
daraxt, tog‘, barglar, inson qo‘li bilan bino qilingan barcha narsalar 
o‘zining doimiy shakliga ega. Geometriyada ular tekis va hajmli 
bo‘lgani kabi, rasmda shakl, chiziqlar, soya - yorug‘liklar orqali 
aniqlanadi va tasvirlanadi. (5 - rasm). 


28 
5 - rasm. Natyurmort namunasi.
Tabiat va inson qo‘li bilan yaratilgan narsalar – shaklllar (kvadrat, 
to‘g‘ri burchak, uchburchak, beshburchak, ko‘pburchak, aylana, oval) 
ikki (bo‘yi va eni) o‘lchamda, hajmda ko‘zga tashlanadi. Hajmli jismlar 
(kub, parallelepiped, prizma, piramida, silindr, konus, shar) bo‘yi va 
enidan tashqari balandligiga ham ega. Rasm chizayotganda, jumladan, 
borliqdagi predmetlarni chizganda ularning geometrik shaklini tahlil 
qilish kerak. Chizilayotgan narsaning geometrik shaklga o‘xshashi yoki 
farqlanishi talabaga predmetlar tuzilishini yaxshiroq aniqlashga va 
chizishga ko‘maklashadi. Har bir murakkab shakl bo‘laklardan iborat. 
Ularning birlashishini predmetning tuzilishi deyish mumkin. (6 - rasm). 
 
6
- rasm. Gipsli rozetkani tasvirlash namunasi. 


29 
Tabiatdagi har bir predmet va narsaning asosi bor. Insonda, qush va 
hayvonlarda bu – skelet; daraxt, barg, o‘simliklarda – shox, tomirlardir. 
Ular birlashib, predmet tuzilishini belgilaydi.
 
Asos tuzilishi, predmetlar umumiy shaklini rasmda kontur chiziq 
orqali chizamiz. Bunda u tasvirlanayotgan predmetning umumiy 
shaklini belgilashi kerak. Rasm chizishda ketma - ketlik bosqichlari 
tasviriy san’at nazariyasi va rasm chizishga o‘rgatish uslubiyoti 
bo‘yicha yozilgan o‘rta asrlar risolalaridan biri – Chennino Chennini 
(1372-1440)ning “Rangtasvir haqida risola” ishida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Traktatda rasm chizish qoidalari haqidagi ma’lumotlar 
jamlangan bo‘lib, risolaning qimmatli tomoni shundaki, muallif o‘qitish 
metodlari asosida narsaning o‘ziga qarab rasm chizish yotishini 
ta’kidlaydi. (9 - rasm).
Mashhur musavvir Leonardo da Vinchi o‘zining “Rangtasvir haqida 
kitob” asarida rasm chizishni o‘rgatish asosida narsaning o‘ziga qarab 
chizish yotishini ta’kidlaydi va o‘z fikrini quyidagicha izohlaydi: 
“Natura o‘quvchini diqqat bilan kuzatishga, uning tuzilishini bilishga, 
o‘ylash va fikr yuritishga majbur qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qitish 
samarador-ligini oshiradi va bilimga qiziqish uyg‘otadi. (10, 11 - 
rasmlar).


30 
10
- rasm. Leonardo da Vinchi. Rangtasvir haqida kitob.
11 - rasm. Leonardo da Vinchi ishlaridan namunalar.
O‘qitishda aniq sistemalik va ketma - ketlik yo‘lini mahkam 
ushlash haqida gapirib, rassom shunday izoh beradi: “Agar sen narsalar 
shaklini o‘rganmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, uning alohida qismlaridan 


31 
o‘rga-nishni boshla, toki amalda va xotirada shularni o‘zlashtirib 
olmaguncha ikkinchisiga o‘tma, toki sen amalda va xotirada ularni 
uzlashtirib olma-guningcha.
Naturaga qarab rasm chizish jarayonida, aniq sistema va o‘quv 
rassom -pedagog topshirig‘ini bajarishda metodik ketma - ketlikka 
rioya qilish haqida P.P. Chistyakov shunday deb yozgan edi: 
“Chizuvchi o‘ylamaydi, ko‘radi va o‘zicha chizadi. Chizilayotgan 
predmet sizning-cha qanday emas, balki naturada qanday bo‘lsa, 
shunday chizilishi kerak. Bu jarayonda faqat sezgi, iste’dod kamlik 
qiladi, tafakkur yuritish kerak. Ish ma’lum tartibni talab etadiki, uni 
o‘rtasi yoki oxiridan emas, balki bir boshdan boshlash kerak. Bunda 
dastlab ko‘rish, o‘ylash va mulohaza yuritish talab etiladi. Axir 
aytadilarku, etti o‘lchab, bir kes deb… Iste’dodni xudo beradi, qonunlar
esa naturada yotadi...” 
Darhaqiqat, rasm chizish jarayonida chizuvchi qalam vositasida bir 
qator murakkab vazifalarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Qog‘oz tekisligida 
hajmiy shaklni tasvirlash uchun tasvirlovchi naturaning kompozitsiyasi, 
shakli ustida ishlash kerak, uning atrofidagi holatni yorug‘ - soya orqali 
ifodalash zarur. Umumlashtrish, tipik tomonlarni ajratish kabi 
vazifalarni hal qilish zarur. Yuqoridagi omillar ishning badiiy 
ta’sirchanligini ta’minlashini unutmaslik lozim. Demak, rasm chizishda 
ma’lum bir ketma - ketlik saqlanmasa, mazkur vazifalarning yechimi 
rassom uchun ancha murakkablashadi. (12 - rasm). 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin