Natyurmort chizmatasviri



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

 


32 
 
12 - rasm. Natyurmortni bosqichma – bosqich bajarish namunasi. 
 
 


33 
Bob bo‘yicha mashq, topshiriqlar, nazorat va mustahkamlash 
savollari: 
 
1. Natyurmort kompozitsiyasini tasvirlash 
2. Leonardo da Vinchi va Chennino Chennini ishlaridan nusxa qo‘chi-
rish (chizgi va qoralamalar).
3. Ish joyini jihozlash deganda nima nazarda tutiladi? 
4. Molbert oldida o‘tirish holatlari. 
5. Rasm chizish nimadan boshlanadi? 
6. To‘g‘ri joylashtirish usullari. 
7. Chizish uchun moslama turlari. 
8. Chizmatasvir materiallari. 
9. Shaklning konstruktiv asoslari tushunchasi. 
10. Ufq chizig‘i nima? 
11. Kartina tekisligi deganda nimani tushunasiz? 
12. Tutashuv nuqtalari tushunchasi. 
13. Chiziqli perspektiva va havo perspektivasining asosiy 
qonuniyatlari. 
14. Chizmatasvirda yorug‘lik – soyalar qonuni. 
15. Yaxlitlik va tus munosabatlar tushunchasi. 
16. Natyurmort bajarish bosqichlari. 


34 
II - BOB. HAR XIL SHAKL VA HAJMGA EGA BO‘LGAN 
JISMLARNI TASVIRLASH 
NATYURMORT TUSHUNCHASI 
“Natyurmort” – fransuzcha so‘z bo‘lib, turli buyumlardan tuzil-
gan, ma’lum bir ma’noni anglatadigan kompozitsiyadir. Bu so‘zning 
aniq tarjimasini “jonsiz tabiat uyushmasi” deyish mumkin. Natyurmort 
asosida rasm chizish qoidalarini o‘rgatish barcha badiiy maktablar 
usulida qadimdan rivojlangan. Bu borada Italiya, Olmoniya, Rossiya 
kabi badiiy akademiyalarning boy tajribasini tilga olish mumkin. 
Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer, Chennino Chennini kabi buyuk 
rassomlarning klassik merosi fikrimiz dalilidir.
Natyurmort ustida ishlash jarayonida talabalar kuzatish pers-
pektivasi orqali narsalarning konstruktiv tuzilishi, yorug‘ – soya 
tarqalishi qoidalari haqida aniq bilim va ko‘nikmalar hosil etadilar. 
Turli materiallar (shisha, metall, yog‘och, mato va h.z. fakturasini tus 
orqali ifodalashga o‘rganadilar. Natyurmort chizishda eng birinchi 
navbatda shakli aniq, ortiqcha bezaksiz, murakkab bo‘lmagan 
buyumlarni tanlash kerak. Shundan so‘ng ma’lum qoidalar asosida 
natyurmort tuzish kerak. Bunda tanlangan predmetlar orasidagi 
mantiqiy bog‘lanishga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Buning uchun 
natyurmortchi rassomlar bajargan ishlarning reproduksiyalarini 
o‘rganish juda muhimdir. Ularning natyurmortni qanday tuzgan-
liklariga e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Predmetlarni 
tanlashda ularning qanday materialdan ekanligi, turli xil shakl va 
figuradagi predmetlar ishtiroki ishning qiziqarli va jonli chiqishiga 
imkon yaratadi. (13, 14 - rasmlar).


35 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin