13 - rasm. Natyurmort namunasi.
36
14 - rasm. Uy - ro‘zgor buymlardan tuzilgan natyurmort tasviri.
Natyurmort uchun eng xarakterli narsa unda ishtirok etadigan
narsalarning yagona kompozitsion markazga bo‘ysunishidir. Ish
jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan eng asosiy vazifalardan biri –
naturani qog‘ozga joylashtirishdir. Chunki chizilayotgan narsalar
qog‘ozga vertikal yoki gorizontal joylashtirilishi bilan turlicha
ko‘rinadi.
Tasvirlanayotgan natyurmortni puxta o‘ylab, tuzish kerak. Bunda
masalan, uy - ro‘zg‘or buyumlari to‘plami, musiqa asboblari, sport
anjomlari va hokazolardan foydalanish mumkin. Fon sifatida yaltiroq
bo‘lmagan, bezaksiz, bir xil tusga ega bo‘lgan mato ortiqcha
burmalarsiz, tekis qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ishni bajarish
rasm uchun asos bo‘lgan tamoyil – umumiylikdan alohidalikka hamda
alohidalikdan umumiylikka qaytish qoidasiga asoslanishi kerak. Ishni
baholashda naturaning qog‘ozga qanday joylashtirilganligi, fazodagi
o‘rni, perspektiv qisqarishlari hamda yorug‘ – soya qonunlarining to‘liq
hal etilganligi, nisbatlar alohida e’tiborga olinadi. (15 a, 16 b, 17 c -
rasmlar).
37
15 - a rasm. 16 - b rasm.
17- а-b-c-rasmlar. Matoni tasvirlash bosqichlari.
O‘quv ishida muhim bosqich mato rasmini o‘rganish bo‘lib
qolmay, burmalarning qanday shaklda ekanligini ko‘rsata olishdir.
Mato mebel jihozi ustiga bir uchi bilan tashlab qo‘yilganda, osilib
turganda yoki biron narsaga ilinib turganda yirik qatlar, turli siniqlarni
38
hosil qilishi mumkin. Avvalgi matoning bezaksiz, sillig‘ini tanlash
yaxshiroq. Bu qatlar shaklini ancha umumlashtirib qabul qilishga
imkon beradi. Birinchi xomaki rasmlarni kontrast kechki yorug‘likda
bajarish tavsiya qilinadi. Oddiy bo‘z matoda shakl aniq qatlar hosil
qiladi.
Ish jarayonining keyingi bosqichlarida topshiriqlarni murak-
kablashtirib, kiyimlar rasmini tasvirlash tavsiya qilinadi. Masalan,
stulga qo‘yilgan ko‘ylak, dekorativ mato va hokazo. Hatto qisqa
muddatli rasmda qatlar xususiyatini ifodalab, shaklni his etish,
shuningdek o‘zgacha xususiyatlarni ham ajrata olish mumkin. Bunday
mashqlar natijasida hosil qilingan ko‘nikmalar syujet hamda dekorativ
xarakterli kompozitsion topshiriqlar ustida ishlashda foyda beradi.
Qadimgi rassomlar mato rasmini chizishda mato va u joy olgan makon
o‘rtasidagi bog‘lanish tasviriga katta ahamiyat berganlar. (18 - rasm).
18 - rasm. Mato tasviri.
39
Bu ishlarni bajarishdan oldin qadimgi davrlar rassomlari chizib
qoldirgan rasmlar reprodukstiyalarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |