58
boshqalarni chizish tavsiya etiladi. II bosqichdan boshlab Yunon
haykaltaroshlik san’atining Zevs, Gerkules, Laokoon, Apollon, Germes
kabi ajoyib namunalarini tasvirlashni tavsiya etish mumkin. (37, 38 -
rasmlar).
37 - rasm. Antik davrga mansub gips boshini tasvirlash bosqichlari
38 - rasm. Antik davrga mansub gips boshini tasvirlash
Gispli bosh namunasidan chizishni bo‘lajak rassom – dizay-
nerlarga o‘rgatishning
boisi shundaki, talaba gipsli model misolida
nisbatlarni, konstruksiya (tuzilish), yorug‘lik – soya tarqalishini erkin
ishlaydi. Naturaning siljimaslik holati rassom - talaba oldiga qo‘yilgan
barcha vazifalarni echishga to‘la imkon beradi.
Gipsli boshni chizishdan oldin ko‘rish nuqtasi aniqlanishi lozim.
Naturaga tushib turgan yorug‘lik, boshning umumiy shakli va detallari
(soch yo‘nalishlari, yuz tekisliklari va h.k.) ajralib turishi zarur.
Akademik uzoq muddatli rasm bajarishga kirishishdan oldin boshning
59
turli holat va burilishlari chizilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday
rasmlar bir tomondan gipsli boshning perspektiv tuzilish va o‘zgarish
qoidalarini kuzatish uchun, ikkinchi
tomondan akademik rasm
bajarishda eng qulay holatni aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: